Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen G‘azoga dengizdan yordam koridori yaratish rejalarini muhokama qilish uchun hafta oxirida Kiprga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Foto: Getty Images

Xabarda aytilishicha, Yevropa rasmiysi 7-mart kunidan boshlab ikki kunlik safar davomida Kipr poytaxti Nikosiyada bo‘ladi. Safar davomida Kipr prezidenti Nikos Xristodulid bilan uchrashuv tashkil etish hamda Larnaka portiga tashrif buyurish rejalashtirilgan.

O‘tgan yili noyabr oyida Kipr tashqi ishlar vaziri Konstantinos Kombos xavfsiz, to‘liq nazorat qilinadigan dengiz yo‘lagi yaratishni taklif qilib, Yevropa rahbariyatiga murojaat qilgan edi. Bu orqali Kipr rasmiysi G‘azoga katta hajmda yordam jo‘natish imkoniyati yaratilishini bildirgan edi.

Isroil G‘azoga kirayotgan yuk mashinalarini o‘qqa tutgach, havo va suvdan koridor ochish masalasi kun tartibiga chiqdi. Dastavval bir qancha arab davlatlari G‘azo hududiga havodan yordam jo‘natmalari tashlagan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »