Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘azo sektorida ochlikdan halok bo‘lgan falastinliklar soni 20 kishiga yetdi. Bu haqda sektorning Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Al Jazeera xabar berdi.

Foto: Anadolu
G‘azo shimolidagi ocharchilik, ayniqsa, bolalar, homilador ayollar va surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar uchun halokatli darajaga yetdi, — deydi vazirlik rasmiysi Ashraf al-Qudra.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 6-mart kuni G‘azo sektori shimolidagi Al-Shifo tibbiyot majmuasi va Kamol Advan kasalxonasida 15 yoshli bolakay va 72 yoshli erkak to‘yib ovqatlanmaslik va suvsizlanishdan vafot etgan.

Minglab odamlar ochlikdan o‘lish xavfi ostida, — deya ogohlantirdi Al-Qudra va Falastin anklaviga insonparvarlik va tibbiy yordamni zudlik bilan yetkazishga chaqirdi.

U Isroil armiyasini “G‘azo shimolida och qolgan minglab odamlarni qasddan dahshatli qirg‘in qilishda” ayblab, BMTga “G‘azo shimolida insonparvarlik va sog‘liq bilan bog‘liq falokatning oldini olish uchun” shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.

G‘azo sektorida 7-oktyabrda boshlangan Isroil hujumlari oqibatida 30 700 dan ortiq falastinlik halok bo‘ldi, 72 000 dan ortiq kishi jarohat oldi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil urushi G‘azo aholisining 85 foizini oziq-ovqat, toza suv va dori-darmonlarning keskin tanqisligi sharoitida ichki ko‘chishga majbur qildi, anklav infratuzilmasining 60 foizi shikastlangan yoki vayron bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »