Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon oziq-ovqat dasturi G‘azo shimoliga gumanitar yordam kolonnalari jo‘natishni to‘xtatdi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Foto: Reuters

G‘azoda fuqarolik tartibining buzilishi, to‘liq tartibsizlik va zo‘ravonliklar yuzaga kelishi omili sabab gumanitar yordam to‘xtatilgani aytilgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti mazkur qaror ortidan G‘azo shimolida ocharchilik yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, hozirda G‘azo shimolida 300 ming atrofida falastinlik istiqomat qilmoqda. Bu hududga yordam paketlarini olib kirish uchun Isroil harbiylarining xavfsizlik ruxsatnomalari olinishi kerak, chunki hudud to‘laligicha Isroil harbiylari nazoratida.

So‘nggi haftada Falastin anklaviga yuborilgan yordam karvonlari bir necha bor mahalliy aholi hujumiga uchradi. Och va nochor aholining oziq-ovqat va yordam olish uchun intilishi ommaviy janjallarga aylanib ketgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »