Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva G‘azo sektorida sodir bo‘layotgan voqealarni genotsid deb atagani uchun uzr so‘rash niyatida emas. Bu haqda prezidentning xalqaro ishlar bo‘yicha maxsus vakili Selso Amorim ma’lum qildi, deb yozadi CNN Brasil.

Foto: Reuters
“Biz har doim bir-birimizga juda hurmat bilan munosabatda bo‘lganmiz va ikki davlat yaratish g‘oyasini himoya qilganmiz, lekin kechirim so‘rashga o‘rin yo‘q. Isroil o‘zini tobora kuchayib borayotgan izolyatsiya holatiga qo‘ymoqda”, — deydi Braziliya prezidenti maslahatchi.

Avvalroq Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats Braziliya prezidentini persona non grata deb e’lon qilgan edi. Diplomatning aytishicha, Lula da Silva o‘z so‘zlari uchun uzr so‘ramaguncha Isroilda persona non grata bo‘lib qoladi.

“Biz bosh egmaymiz. Braziliya prezidenti Lula uzr so‘ramagunicha va yahudiy xalqi hamda Isroilga qaratilgan antisemitizmdan voz kechmaguncha, u Isroilda xohlanmaydigan shaxs bo‘lib qoladi”, — dedi Isroil vaziri.

Braziliya prezidenti persona non grata deb e’lon qilinganidan so‘ng Isroildan elchisini chaqirib oldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »