Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

18-fevral kuni Jazoir Isroilning Falastin anklaviga qilgan vayronkor hujumi fonida G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasini Birlashgan Millatlar Tashkilotiga taqdim etdi. Bu haqda xalqaro nashrlarga asoslanib, Anadolu agentligi batafsil xabar bermoqda.

Foto: Anadolu

Xabarda aytilishicha, rezolyutsiya loyihasi 20-fevral kuni BMT Xavfsizlik kengashida ovozga qo‘yiladi. Agar mazkur rezolyutsiya ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, Isroil oldida faqatgina harbiy amaliyotlarni to‘xtatish yo‘ligina qoladi.

Jazoir BMT Xavfsizlik kengashining doimiy aʼzosi emas. Jazoir taqdim etgan loyihaga kengashda veto huquqiga ega bo‘lgan AQSH qarshi chiqishi taxmin qilinmoqda.

AQSHning BMTdagi vakili Linda Tomas-Grinfild ham Jazoirning rezolyutsiya loyihasi qabul qilinmasligiga va Vashington loyihani rad etish uchun veto huquqidan foydalanishi mumkinligiga ishora qilgan.

Xabarda aytilishicha, Jazoir loyihasi xalqaro Jinoyat sudining o‘tgan oydagi Isroil rejimi ustidan chiqargan qaroriga asoslanib, G‘azoda gumanitar maqsadlarda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »