Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil hukumati xalqaro hamjamiyat bosimi ostida G‘azo sektorining shimoliga insonparvarlik yordamini mamlakatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishga ruxsat berishni rejalashtirmoqda, shuningdek, Kiprdan insonparvarlik yordami yetkazib berish uchun dengiz yo‘lini yaratishda hamkorlik qiladi. Bu haqda Isroilning ikki rasmiysiga tayanib, Associated Press xabar berdi.

AP suhbatdoshlaridan birining aytishicha, Isroil anklavning shimoliy qismiga gumanitar yordam olib boruvchi 20-30 ta yuk mashinasiga ruxsat beradi, bu esa bu yo‘nalishda muntazam yetkazib berishning boshlanishi hisoblanadi.

Foto: Google Images

Bundan tashqari, 10-mart kuni Isroil Kipr hududidan gumanitar yordam yetkazilishi uchun dengiz yo‘li xavfsizligini tekshirishni boshlaydi. Gumanitar yuklarni tashuvchi birinchi kema dengiz yo‘lidan foydalanish imkoniyatini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha pilot loyihaning bir qismi bo‘ladi.

Yangi yo‘nalishlar bo‘ylab yetkaziladigan yordam AQSH ko‘magida BAA tomonidan moliyalashtiriladi, deya xabar beradi agentlik.

7-mart kuni ertalab tashkilotning Falastin hududlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha koordinatori Jeymi MakGoldrik BMT ekspertlari G‘azo sektori shimoliga gumanitar yuklarni yetkazish uchun Isroil harbiy yo‘lidan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganishini ma’lum qilgandi.

MakGoldrikning so‘zlariga ko‘ra, 29-fevral kuni oziq-ovqat va dori-darmon ortilgan yuk mashinalari kelganidan keyin isroillik harbiylar bilan to‘qnashuvlar ro‘y bergani va buning oqibatida 100 dan ortiq falastinlik halok bo‘lganidan so‘ng, Isroil o‘tgan hafta bu muammoni hal qilishda ishtirok etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »