Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Oq uyning amaldagi rahbari Jo Baydenni debatga taklif qildi. Bu haqda Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘ida xabar bergan.

Foto: Getty Images

“Mamlakatimiz farovonligi uchun Jo Bayden va men Amerika va AQSH xalqi uchun juda muhim bo‘lgan masalalarni muhokama qilishimiz zarur. Shuning uchun men bahs talab qilaman. Istalgan vaqtda, istalgan joyda. Javob olishni intiqlik bilan kutaman. Ushbu masalaga e’tibor berganingiz uchun tashakkur”, — deb yozgan siyosatchi.

6-mart kuni Tramp va Bayden aksariyat shtatlarda o‘tkazilgan praymerizda g‘alaba qozonib, o‘z partiyalari prezidentligiga yetakchi nomzod bo‘lib qolgan edi.

Avvalroq Bayden bir nechta shtatlarda 70-90 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongani xabar qilingan edi. Tramp, o‘z navbatida, ayrim shtatlardagi muvaffaqiyatini izohlab, o‘tgan “Super seshanba”ni “ajoyib oqshom” deb atagan.

AQSHda prezidentlik saylovlari 2024-yil 5-noyabrda bo‘lib o‘tadi. “Super seshanba” natijalari fonida 6-mart kuni AQSHning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Xeyli prezidentlik poygasidan chiqishini e’lon qilgan, shundan so‘ng Tramp Respublikachilar partiyasidan yagona da’vogar bo‘lib qolgan. Demokratlar orasida Bayden yetakchilik qilmoqda. Reuters avvalroq Xeylining qarori Tramp va Baydenning saylovlarda AQSH prezidentligi uchun yana kurash olib borishini anglatishini yozgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »