Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Donald Tramp Ayova shtatidagi respublikachilar kokusi ishtirokchilarining aksariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Bu haqda New York Times AP agentligiga tayanib xabar berdi. Agentlik tahlilchilari birinchi saylov uchastkalarida ovoz berish natijalari e’lon qilingandan so‘ng darhol sobiq prezidentning g‘alabasini muqarrar deb hisoblashgan.

Foto: Reuters

104 ming ovoz sanab chiqilganidan keyin Tramp 50,9 foiz ovoz to‘plagani ma’lum bo‘ldi. U shtatning 99 okrugidan 98 tasida yetakchilik qilmoqda. Florida gubernatori Ron DeSantis ikkinchi o‘rinda, uni shtat respublikachilarining 21,3 foizi qo‘llab-quvvatladi. AQSHning BMTdagi sobiq elchisi Nikki Xeyli 19,1 foiz ovoz bilan uchinchi o‘rinda. To‘rtinchi o‘rinni egallagan biznesmen Vivek Ramasvami o‘z saylovoldi tashviqotini yakunlaganini e’lon qildi.

NYT hisob-kitoblariga ko‘ra, ovozlarning 94 foizi hisoblab chiqilgan.

Ayova shtatidagi kokuslar an’anaviy ravishda Qo‘shma Shtatlardagi Respublikachilar partiyasi uchun partiya ichidagi saylovlarning birinchi bosqichi hisoblanadi. Keyingi navbatda Nyu-Xempshirda 23-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan praymeriz bor. Respublikachilardan nomzod bahor oxirigacha aniqlanadi va partiyaning iyuldagi qurultoyida rasman ko‘rsatiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »