Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan o‘z nomzodini qo‘yish niyatida bo‘lgan Nyu-Jersi shtatining sobiq gubernatori Kris Kristi saylovdan chiqishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Foto: Reuters
“Bugun menga (Respublikachilardan) nominatsiyada g‘alaba qozonish imkoniyati yo‘qligi ayon bo‘ldi, shuning uchun kechqurun saylovoldi kompaniyamni to‘xtataman”, — dedi Kristi 10-yanvar kuni Nyu-Xempshir shahar hokimiyatida.

Bloomberg taʼkidlashicha, endilikda AQSHning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi sobiq elchisi Nikki Heyli hamda Florida gubernatori Ron Desantis Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodlik uchun kurashda Donald Trampning asosiy raqobatchilariga aylandi.

The New York Times AQSH prezidentligiga hozirgi bosqichda 12 nafar nomzodni sanab o‘tdi: uch nafari demokratlardan, olti nafari respublikachilardan, yana uch nafari mustaqil yoki boshqa partiyalar a’zosi. Bular:

  • amaldagi prezident Jo Bayden;
  • self-help janridagi yozuvchi, teleboshlovchi Opra Uinfrining sobiq ustozi Marianna Uilyamson;
  • Vakillar palatasi a’zosi Din Fillips;
  • Donald Tramp;
  • Nikki Heyli;
  • Ron Desantis;
  • kelib chiqishi hindistonlik tadbirkor Vivek Ramasvami;
  • Arkanzasning sobiq gubernatori Asa Hatchinson;
  • texaslik biznesmen va cherkov pastori Rayan Binkli;
  • AQSH sobiq prezidenti Jon Kennedining jiyani kichik Robert Kennedi;
  • falsafa professori Kornel Uest;
  • fizik Jill Shtayn.

Yana sakkiz kishi, jumladan Kristi poygadan chiqib ketdi.

Donald Tramp saylovlarda ishtirok etishda muammolarga duch kelmoqda. Men va Kolorado shtatlari 2021-yil yanvar oyida Kapitoliyga bostirib kirish bilan bog‘liq ayblovlar tufayli unga Respublikachilar praymerizlarida qatnashishni taqiqladi. Siyosatchi bu taqiqlarga qarshi chiqmoqchi. Bundan tashqari, Trampning saylovlardagi ishtirokiga unga nisbatan sud jarayonlari to‘sqinlik qilishi mumkin: u to‘rtta jinoiy ish bo‘yicha ayblanuvchiga aylangan, jami 91 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »