Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Vivek Ramasvami mamlakatni Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) tarkibidan chiqarish niyati borligini oshkora e’lon qildi. Bu haqda Amerikaning Politico gazetasi xabar bermoqda.

Ramasvamining fikricha, NATO bo‘yicha ko‘pchilik ittifoqchilar harbiy sarmoyaviy majburiyatlarini bajarmayapti va Amerika sarmoyalarini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda. Uning fikricha, NATOning ‘‘Sovuq urush’’dan keyingi ekspansionizmi (hududiy kengayish) Rossiya bilan yirik mojaro xavfini asossiz ravishda oshirdi.

Foto: Google Images

Vivek Ramasvami 2023-yil oktyabr oyida Politico nashriga AQSHning NATOni tark etish g‘oyasi o‘rinli ekanligini aytgandi. Biroq, u mamlakatning blokdan chiqishi ‘‘katta transatlantik inqiroz’’ni keltirib chiqarishi mumkinligini ham ta’kidlagan.

2023-yil dekabr oyi oxirida AQSH Kongressi prezidentning alyansdan chiqish to‘g‘risida bir tomonlama qaror qabul qilishini taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Endi Qo‘shma Shtatlar NATOdan chiqishi uchun Kongress rezolyutsiyasini olishi kerak bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »