Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidentligiga nomzod Robert Kennedi uchinchi marta Bayden ma’muriyatidan uni Maxfiy xizmat himoyasi bilan ta’minlashni so‘radi. Uning Los-Anjelesdagi uyi hududiga bir sutkada ikki marta bostirib kirishgan, deb yozadi New York Post.

Foto: Wikimedia

Kichik Robert Kennedining uyiga birinchi bosqinchilik paytida politsiya jinoyatchini hibsga olgan. Biroq qo‘yib yuborilganidan keyin u yana AQSH prezidentligiga nomzodning uyiga qaytgan.

Los-Anjeles politsiya departamenti aniqlik kiritishicha, bosqinchi — 28 yoshli Jonatan Mast. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda kichik Robert Kennedi uyda bo‘lgan.

“Iltimos, prezidentlikka nomzod Robert Kennediga Maxfiy xizmat himoyasini rad etish haqidagi qaroringizni qayta ko‘rib chiqing va himoyani imkon qadar tezroq boshlashga ruxsat bering. Qonunda nazarda tutilganidek, Maxfiy xizmat nomzodni va saylov jarayonini himoya qilishga yordam beradi, shu bilan birga nomzodning muhitidagi odamlarga, jumladan jamoatchilik vakillariga nisbatan xavfni kamaytiradi”, — deyiladi Robert Kennedi kampaniyasining bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, kichik Robert Kennedi 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida mustaqil nomzod sifatida ishtirok etishini ma’lum qilgan.

Kichik Robert Kennedi 69 yoshda. U 1965—1968-yillarda Nyu-York shtatidan senator va AQSHning sobiq Bosh prokurori (1961—1964) bo‘lgan Robert Kennedining o‘g‘li. Katta Robert Kennedi esa 1963-yilda Dallasda otib o‘ldirilgan AQSH sobiq prezidenti Jon Kennedining ukasi. Akasi kabi Robert Kennedi ham saylovoldi kampaniyasi paytida otib o‘ldirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »