Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp bo‘lajak prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Amerika tarixidagi eng yirik deportatsiyani amalga oshirishga va’da berdi. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.

Foto: Pixabay
“Mamlakatimiz tarixidagi eng katta deportatsiya harakatini amalga oshiramiz”, — dedi Tramp.

Sobiq prezidentning ta’kidlashicha, hozirda Qo‘shma Shtatlarda millionlab noqonuniy muhojirlar bor.

“Nyu-Yorkda oddiy talabalarni bir chetga surib tashlab, ularning o‘rniga muhojirlarni qo‘yishayotganini ko‘rdingizmi?... Biz hammani kelgan joyiga qaytaramiz”, — deb ta’kidladi Tramp.

Avvalroq AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson Jo Bayden prezident bo‘lgan davrda Amerika chegarasini 7 milliondan ortiq odam noqonuniy kesib o‘tganini aytgandi.

Fox News telekanali AQSH bojxona va chegara xizmatidagi manbalarga tayanib, 2023-yil dekabrida Meksikadan AQSHga kirgan noqonuniy migrantlar soni 302 ming kishidan oshib, mutlaq tarixiy rekord o‘rnatganini xabar qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »