Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kolorado Oliy sudi Donald Tramp shtatda AQSH prezidentligiga nomzodini qo‘yish huquqiga ega emasligi haqida qaror chiqardi. Qaror shuni anglatadiki, mart oyida bo‘lib o‘tadigan respublikachilar praymerizida va noyabrda bo‘lib o‘tadigan umumiy saylovlarda Trampning ismi Koloradoda saylov byulleteniga kiritilmaydi. Hukm Konstitutsiyadagi o‘n to‘rtinchi tuzatishga asoslanadi: u Kapitoliyga hujum qilganlarning saylovda ishtirok etishini taqiqlaydi.

Foto: AP Photo

Yetti sudyadan to‘rt nafari qaror uchun ovoz berdi. Hukm 2024-yil 4-yanvardan kuchga kiradi, ammo boshqa shtatlar uchun majburiy bo‘lmaydi. Sudyalar Trampning advokatlari AQSH Oliy sudiga shikoyat qilishi mumkinligini ta’kidladi. Bu holatda qaror Oliy sudda hukm chiqarilgunga qadar Koloradoda kuchga kirmaydi, biroq Tramp tomoni mag‘lub bo‘lsa, uning nomzodi barcha shtatlarda taqiqlanadi.

Har bir shtat AQSHda prezidentlik saylovlarini mustaqil ravishda o‘tkazadi. Ovoz berishni tashkil etish qoidalari va nomzodlarning saylov byulleteniga kirish mezonlari shtatlar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Trampga qarshi xuddi shunday da’volar Minnesota va Michigan shtatlarida ham qo‘zg‘atilgan, ammo ikkala shtatdagi sudlar sobiq prezident nomzodini qayta saylovga qo‘yishni taqiqlashni rad etgan.

2020-yilda Jo Bayden Koloradoda 55 foiz ovoz olgandi. 2004-yildan beri Koloradoda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodlarning birortasi ham g‘alaba qozona olmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »