Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanidagi maktabda 4-mart kuni o‘qituvchisi tanbeh bergan 1-sinf o‘quvchisi hushidan ketgani haqida xabar berilgan edi. O‘zA holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi. 

Foto: Videodan kadr

Paxtakor tumanidagi 9-sonli umumiy maktab direktori Nurali Sulaymonovning aytishicha, 1-“B” sinf rahbari tajribali, 58 yoshli pedagog sinf o‘quvchilaridan diktant olgach, aʼlo va yaxshi baho olgan o‘quvchilarni rag‘batlantirgan. 

So‘ngra qoniqarsiz baho olgan o‘quvchilarni yoniga chiqarib, ularga tanbeh bergan va qo‘lidagi cho‘p bilan o‘quvchilarning qo‘llariga uradi. O‘qituvchi ikkinchi qatorda turgan o‘quvchining ham qo‘liga uradi va undan uzoqlashgach, o‘quvchi hushini yo‘qotib yiqiladi. O‘qituvchining bu harakati pedagogikaga mutlaqo zid. Maktab nizomining 13 va 14-bandlarida belgilangan meʼyorlarga ko‘ra, bolaning shaxsiyatiga tegish, zo‘ravonlik qilish, tengdoshlari oldida izza qilish, kaltaklash umuman taqiqlanadi. Bu holatni maktab jamoasi bilan muhokama qilib, o‘qituvchiga nisbatan intizomiy chora ko‘rishga qaror qilindi, – deydi maktab direktori.

O‘quvchining buvisi voqea sodir bo‘lgan kuni nabirasi uyga iyagi yirtilgan, og‘zi qon, qo‘rquvdan rangi oqarib ketgan holda kirib kelganini aytdi.

Sinf rahbariga qo‘ng‘iroq qilib, nima sababdan nabiramning iyagi yirtilib, og‘zi qonaganini so‘radim. Ustozi diktant olganini, nabiram past baho olgani uchun jazolaganini aytdi. Turmush o‘rtog‘im bilan birgalikda maktab direktoriga keldik. Bo‘lgan voqeani tushuntirib, videoyozuvni ko‘rsatishini so‘radik. 

Tasvirni kuzatib, shunga amin bo‘ldimki, bola hushini yo‘qotib yiqilgandan keyin unga ustozi birinchi yordam ko‘rsatmagan, maktab hamshirasini ham chaqirmagan. Bundan maʼmuriyatni xabardor qilmagan. Bir soat o‘qigach, nabiramning yolg‘iz o‘zini uyga jo‘natib yuborgan. Nabiram avval, 2-3 yoshlarida ham qo‘rqqan paytida hushidan ketib, yiqilib tushish holati bo‘lgan. Shu sabab sinf rahbariga buni aytib, uni urishish, unga tazyiq o‘tkazish, qo‘rqitish, urish mumkin emasligini, hatto, uning oldida bir-birimizga qattiq ham gapirmasligimizni tayinlagan edim.

Nabiramdan uyga borib so‘raganimda, ustozidan juda ham qo‘rqib ketganini aytdi. Hozir nabiramning holati yaxshi. O‘quvchi buvisining gaplariga eʼtibor bergan bo‘lsangiz, bolaning hushidan ketib yiqilish holati shu paytgacha ham 2 marotaba sodir bo‘lgan. 

O‘quvchining ota-onasi o‘zaro kelisha olmagach ajrashgan va onasi Qozog‘istonning Chimkent viloyatiga turmushga chiqib ketgan. Garchand biz maktabga borgan kunimiz onasi Qozog‘istondan kelgan va bolasini o‘zi bilan olib ketmoqchi bo‘lgan. Bolaga bularning barchasi kuchli ruhiy zarba bo‘lgan, – deydi o‘quvchining buvisi.

Jizzax viloyat prokurorining katta yordamchisi Muhabbat O‘razaliyevaga ko‘ra, Paxtakor tuman ichki ishlar organi mutasaddi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Tekshiruv harakatlari Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »