Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda umumta’lim tizimiga davlat xarajatlari yuqori bo‘lishiga qaramay, tizimdagi sifat pastligicha qolmoqda. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari taʼlim sifatiga ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni o‘rgandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ta’lim tizimidagi sifat samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari bu o‘quv darsliklarning sifati, o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi, ularning malakasi, maktablarning infratuzilmasi va ota-onalarning farzandi ta’limidagi ishtirokidir. Ushbu omillarni chuqur tahlil qilish maqsadida tahlil o‘tkazildi. 

Olib borilgan tahlil natijalariga ko‘ra, umumta’lim tizimidagi sifatning pastligi quyidagi sabablar bilan asoslandi:

  • umumta’lim tizimiga sarflanayotgan davlat budjeti xarajatlari nomutanosib taqsimlangan;
  • maktablarning deyarli 16 foizi kapital ta’mirlashga muhtoj, 4,6 foizi esa umuman yaroqsiz holatda;
  • maktablardagi kompyuter sinflarida kompyuterlar soni kam;
  • maktablarning 70 foizi kanalizatsiya tizimiga ulanmagan. Bu esa o‘z navbatida sanitariya talablariga javob bermasligini anglatadi, shuningdek, atmosfera chiquvchi zararli moddalar hajmini oshirib, bolalar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
  • maktablarning 28,4 foizi internet tarmog‘iga ulanmagan;
  • Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘qituvchilar yuklamasi yuqori;
  • respublika maktablarida chet tili o‘qituvchilari yetishmasligi kuzatilmoqda;
  • texnologiya va informatsion texnologiyalar fanlaridan ham o‘qituvchilar yetishmaydi;
  • o‘qituvchilar orasida attestatsiyadan o‘ta olmaslik ko‘rsatkichlari yuqori;
  • fanlar bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilar soni kam;
  • ota-onalarning farzandlar ta’limidagi ishtiroki nisbatan sust.
Aniqlangan muammolardan kelib chiqib, mutaxasisilar umumta’lim tizimidagi sifatni yaxshilash uchun har tomonlama yondashishni taklif etdi. Birinchi navbatda maktablarni ta’mirlash va ularning infratuzilmasini yaxshilash, o‘qituvchilar malakasini oshirish va ota-onalarni o‘quv jarayoniga jalb etishni qo‘llab-quvvatlash zarur.

MHTI tomonidan o‘quv jarayoni sifatiga ijobiy ta’sir etuvchi ikkita ta’lim islohoti ko‘rib chiqildi.

O‘quvchilarning o‘rganish darajasiga qarab o‘qitish tizimi. Ushbu mexanizm o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishda qiynalayotgan o‘quvchilarning tengdoshlariga yetib olishi uchun qo‘llanilgan.

Texnologiyalardan foydalangan xolda o‘quvchilarning bilim darajasiga qarab o‘qitish. “eMaktab” saytida o‘quvchilarning bilim darajasini baholab, unga mos ravishda videomateriallarni taklif etadigan platforma yaratish.

Mutaxasisslarning qayd etishicha, videodarsliklarni yaratishga respublikadagi yuqori malakali o‘qituvchilarni jalb etish lozim. Bu materiallar “Kundalik.uz” saytiga yuklanadi. Bunda o‘quvchilar darsning so‘nggi 10 daqiqasida o‘tilgan mavzu bo‘yicha mashqlarni planshet yordamida yuqorida keltirilgan platforma yordamida amalga oshiradi. Ushbu mashg‘ulotlar PISA va PIRLS imtihonlari uchun zarur bo‘lgan fanlarga (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) mo‘ljallangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »