Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu jarayonga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish imkoniyatlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

Unga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladi.

Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki o‘zining bino va inshootlarida umumiy o‘rta ta’lim faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga ushbu ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

2030-yil 1-yanvargacha yuridik shaxslarga o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning foyda solig‘ini hisoblashda 2 yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.

Shuningdek yangi nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va binolar qurish uchun joylardagi hokimliklar tomonidan har yili:

  • 1-martgacha maqbul yer uchastkalari aniqlanadi;
  • 1-aprelgacha respublika bo‘yicha umumiy maydoni 50 gektar yer uchastkasidan kam bo‘lmagan manzilli ro‘yxat tasdiqlash uchun Hukumatga kiritiladi;
  • 1-maygacha tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga asosan yer uchastkalari “E-auksion” savdolariga mulk yoki ijara huquqi asosida chiqariladi.

Bunda, auksion savdolarida 3 oydan ortiq muddat sotilmay turgan yer uchastkalari savdodan yechilmasdan boshlang‘ich narxini qadamma-qadam 50 foizgacha pasaytirish mexanizmini qo‘llagan holda, takroriy auksion savdolariga chiqariladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »