Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 1-mart holatiga ko‘ra, xususiy bog‘cha va maktab to‘lovi uchun ota-onalar 17 milliard so‘mdan ortiq soliq imtiyozidan foydalandi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 1-mart holatiga fuqarolar 2022-yil uchun nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarda taʼlim olish uchun yo‘naltirgan daromadlari bo‘yicha 17,7 milliard so‘m soliq imtiyozidan foydalangan. Shundan:

  • 9731 nafar fuqaro jami yillik deklaratsiya topshirish orqali 15,3 milliard so‘m daromad solig‘i summasini qaytarib olgan;
  • 1079 ta korxona va tashkilotlarda ishlovchi 1698 nafar fuqaroga ish beruvchi tomonidan to‘lov manbaida 2,4 milliard so‘mlik daromad solig‘idan imtiyoz qo‘llanilgan.

Maʼlumot uchun, 2022-yil 1-apreldan farzandlariga nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko‘rsatadigan taʼlimga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlariga yo‘naltiriladigan daromadlari soliq solinmaydigan daromadlar tarkibiga kiritilgan. Unga ko‘ra,

  • ota-onalar tomonidan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarga to‘lovlarni ish haqidan pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lagan bo‘lsa, soliq imtiyozi (ish beruvchi tomonidan) to‘lov manbaida qo‘llaniladi;
  • 2022-yilda taʼlim uchun to‘lov  jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda (naqd pul, banklardagi omonat va plastik kartalardan foydalangan holda) amalga oshirilganda, soliq chegirmasi soliq organlariga jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani 2023-yilning 1-apreliga qadar topshirish yo‘li orqali beriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »