Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniyalik 17 yashar Lasse Shtolli umri qariyb bir yarim yil davomida poyezdda sayohat qilish bilan o‘tmoqda. U sayohatlari haqida o‘z blogida taassurotlari bilan bo‘lishib keladi, deb yozadi “Pravila jizni” nashri.

Foto: Dzen

2022-yil avgust oyida Lasse ota-onasining uyini tashlab, uzoq masofaga yo‘l olishni maqsad qilganida endi 16 yoshni qarshilagan edi. Maktabni tugatgach, IT va dasturlash yo‘nalishida OTMga hujjat topshirmiqchi bo‘lgan, biroq YouTube kanallardagi sayohatchilardan ilhomlangan Lasse sayohat qilishni ma’qul ko‘rdi. Avval bu fikr yigitning ota-onasiga yoqmadi, ammo bo‘lajak dasturchi sayohat davomida ishlashga yaqinlarini ko‘ndirdi va yo‘lga otlandi.

Foto: Dzen

Lasse Shtolli Germaniyaning turli joylarida, jumladan, Ryugen oroli, Tsugshpitse tog‘i kabi manzarali joylarda bo‘ldi, Istanbul shahrini ko‘rib keldi. Poyezdda bir yil yashash uchun Lasse 11 ming dollar sarfladi. U ushbu summaning katta qismini sayohat kartasini sotib olishga ishlatdi.

Yigit Kelndagi IT-kompaniyalardan birida dasturchi bo‘lib ishlaydi, biroq ota-onasi ham uni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashini tan oladi. U temiryo‘l operatorlari va poyezd ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilib, moddiy manfaat ko‘rishni orzu qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »