Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afsuski, jamiyatda har doim ham tenglik targ‘ib qilinmagan va ayollar uzoq vaqt davomida “zaxiradagi” o‘yinchilar bo‘lgan. Garchi dunyo yaxshi tomonga o‘zgargan bo‘lsa-da, bugungi kunda bu kurash butunlay tugadi deb aytish qiyin. Quyida ayollar huquqlari uchun kurash haqidagi eng yaxshi va qiziqarli filmlarni to‘pladik — ular sizni ruhlantiradi, kuch beradi va albatta kayfiyatingizni ko‘taradi.

“Jins bo‘yicha”, 2018-yil

Rut Ginzburg — feminizm timsoli va AQSH tarixidagi ikkinchi ayol sudya. Rutning hayoti ko‘pchilik uchun namuna bo‘la oladi. Uning qat’iyati, xarakteri va irodasi unga orzu qilgan hamma narsaga erishishga yordam beradi. Filmda bosh rolni Felisiti Jons ijro etgan.

“Yomon xulqli xonim”, 2020-yil

Filmda dunyo miqyosidagi go‘zallik tanlovini buzish niyatida bo‘lgan jasur va qat’iyatli qizlar haqida hikoya qilinadi. 70-yillarda sodir bo‘lgan real voqealar asosida suratga olingan mazkur dramatik filmda bosh rollarni Kira Naytli va “Ajdaho uyi” yulduzi Emma D’Arsi ijro etgan.

“Mojaro”, 2019-yil

2016-yilda Fox News kompaniyasining uchta xodimi o‘z xo‘jayinini ish joyida zo‘ravonlik qilishda ochiq ayblaydi. Butun dunyo bo‘ylab xarassmentga ommaviy qarshilik ko‘rsatishning boshlanishini belgilagan film.

“Zakovat egalari”, 2016-yil

Uch afroamerikalik ayol NASAda ishlaydi va tashkilotga kosmik dasturda yordam berish uchun matematik hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Ayollarning kamsitilishi tugamagan dunyoda ayollar qanday qiyinchiliklarga duch kelishadi?

“Maftunkor erkaklar qalbi”, 2021-yil

Greys Gordon Amerika Qo‘shma Shtatlarning janubiga ko‘chib keladi. Ayollarning kamsitilishiga guvoh bo‘lgan ayol omon qolish uchun kurashishga majbur bo‘ladi. E’tiqod, sevgi va qat’iyat kuchi haqidagi melodrama.

“Shimoliy mamlakat”, 2005-yil

Jozi — bolalarini boqish uchun shaxtada ishlagan kam sonli ayollardan biri. Ammo u raqobatga chiday olmagan erkaklar sodir etgan jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha sudga murojaat qilgan birinchi ayol ham. Sharliz Teron ushbu roli uchun “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »