Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shunday filmlar borki, bag‘ritosh odamning ham ko‘z yoshiga sababchi bo‘ladi. Quyida har qanday tomoshabinning yurak tubiga yetib boradigan ta’sirli filmlarni tomosha qiling.

“Apokalipsis” (1979)

Kino tarixidagi eng muhim filmlardan biri Frensis Ford Koppolaning Vyetnam urushi davridagi dramasidir. Bosh qahramon kapitan Uillard daryo bo‘ylab Kambojaga maxsus topshiriq bilan boradi. Uning vazifasi — chekka hududda yashaydigan polkovnik Kurtsni topish va o‘ldirish. Yo‘lda kapitan urush dahshatlariga guvoh bo‘ladi.

“Hayot go‘zal” (1997)

Roberto Beninining mazkur kartinasi uch karra “Oskar” mukofotiga sovrindor bo‘lgan va barcha zamonlarning kult filmi hisoblanadi. Film syujetiga ko‘ra, mehribon ota o‘g‘liga konslagerda omon qolishiga yordam berish uchun o‘yin o‘ylab topadi.

“Uzuklar hukmdori” (2001)

O‘zini inson deb hisoblaydigan har bir kishi Boromir o‘lganida yig‘laydi. J.R.R.Tolkin asarlariga asoslangan kult trilogiyaning birinchi qismida odamlar, elflar va mittilar dunyosi yo‘qolib ketish xavfi ostida. Buning uchun Qudrat uzugi va uning egasi Sauron yo‘q qilinishi kerak.

“Qora burgut” (2001)

Ridli Skottning keng ko‘lamli urush haqidagi dramasi, film voqealari 1993-yilda Somalida sodir bo‘ladi. Mamlakat aholisi ochlikdan o‘lmoqda, qurbonlar soni 300 ming kishidan oshgan. Mogadishu shahrida dala qo‘mondoni Ayded boshchilik qilmoqda va tartibsizliklar yaratmoqda.

U tinch aholini o‘ldiradi va gumanitar yordamni talon-taroj qiladi. Ammo bir kuni Vashingtondagi “burgutlar” (Amerika armiyasining elita bo‘linmalari) Aydedni o‘z qarorgohida qo‘lga olish uchun operatsiya o‘tkazishga qaror qiladi.

“Bezorilar” (2005)

Filmda tasodifan Britaniya futbol bezorilari orasiga tushib qolgan yigit haqida hikoya qilinadi. Bu yerda u yangi do‘stlar topadi, muammolarga duch keladi. U o‘zini har qanday odamni qurbon qilishga tayyor bo‘lgan aqldan ozgan muxlislar safida ko‘radi.

“Terabitiyaga sayohat” (2006)

Bugungi zumerlarning ruhiyati bolaligida ushbu filmdan juda ko‘p zarar ko‘rgan degan shubhalar mavjud. Hikoya Jess Aron va Lesli Burkning do‘stligi haqida bo‘lib, ular o‘rmondagi daraxtga qurilgan tashlandiq uyda Terabitiya deb nomlangan butun boshli ertaklar olamini yaratadi.

“Interstellar” (2014)

Haqiqiy otalik mehri uchun vaqt ham, masofa ham muhim emas. Kristofer Nolanning Metyu Makkonaxi ishtirokidagi fantastik dramasi buning dalilidir.

 “Koko siri” (2017)

Oilaning ahamiyati, an’analar va orzularga sodiqlik haqidagi juda ajoyib multfilm. Syujet markazida musiqani jonidan ortiq sevadigan Meksika qishlog‘ida yashovchi 12 yoshli Migel ismli yigitcha bo‘lib, u tasodifan o‘liklar dunyosiga tushib qoladi va ajdodlari bilan uchrashadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »