Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bir necha metr ipak va organza, hashamatli bezak, nozik bel — har bir qiz shu aktrisaning o‘rnida bo‘lishni va haqiqiy malika libosini kiyishni orzu qiladi. Biroq hammasi ham ko‘ringanidek oson emas: metall korsetlar, 25 kilogrammli kiyimlar, 1 kg og‘irlikdagi sirg‘alar — bularning barchasi aktrisalarning qiynalishiga sabab bo‘lgan.

“Oppog‘oy va ovchi 2”, Sharliz Teron

Kostyum dizayneri: Kolin Etvud.

Ushbu film o‘zidan oldingi “Oppog‘oy va ovchi” singari afsonaviy Kolin Etvud tomonidan yaratilgan hashamatli liboslar tufayli ham mashhur.

Biroq bu filmlarda o‘xshash jihat bor— ikkalasida ham Sharliz Teron qarg‘a patlaridan tikilgan ajoyib plashda paydo bo‘ladi. Aktrisa ikkinchi filmda bu kiyimini deyarli yechmaydi.

Kiyim hayratlanarli darajada chiroyli bo‘lsa-da, Etvudning so‘zlariga ko‘ra, u juda og‘ir bo‘lgan. Suratga olish jarayonida Sharliz tanaffuslar qilib, toza havodan nafas olish uchun tashqariga chiqishiga to‘g‘ri kelgan.

Bunday hashamatli libosni yaratish oson bo‘lmagan — patlarning har biri qo‘lda tikilgan. Libosni tayyorlash uchun ikki hafta va taxminan 30 ming dollar sarflangan.

“Zolushka”, Lili Jeyms

Kostyum dizayneri: Sendi Pauell.

2015-yilgi filmdagi Zolushkaning havorang libosi har bir qizning orzusi bo‘lgani ajablanarli emas, albatta. Ushbu ajoyib libosni yaratish uchun kostyum dizayneri Sendi Pauellga qariyb 4000 soat kerak bo‘ldi.

Gap shundaki, har bir sahna uchun alohida libos yaratilgan — kaltaroq, uzunroq, yengilroq — jami sakkizta kiyim tikilgan. Ularning har biri studiyaga taxminan 12 ming dollarga tushadi. Har biriga 250 metr mato va jami 5 km ip sarflangan.

Biroq aktrisa Lili Jeyms uchun qiyinchilik tug‘dirgan jihati — kiyimning korset va krinolini po‘latdan yasalganligi edi. Har safar kiyinish uchun aktrisaga 25 daqiqa ketgan. U deyarli nafas olmasligi kerak edi, chunki Zolushkaning beli mukammal bo‘lishi shart edi.

Lilining so‘zlariga ko‘ra, u uchun eng qiyin sahna shahzoda bilan balda raqs tushgan sahnasi edi, chunki partnyori doim etagini bosib olgan. Natijada har bir qo‘shimcha suratga olish ushbu ko‘ylakda o‘tkaziladigan vaqtni bir necha soatga cho‘zgan.

“Yettinchi o‘g‘il”, Julianna Mur

Kostyum dizayneri: Jaklin Uest.

Murakkab taqdirni boshdan kechirgan jodugar rolini Julianna Mur juda ishonarli tarzda gavdalantirgan. Gap shundaki, aktrisa suratga olish paytida chinakam azob-uqubatlarni boshdan kechirgan.

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, asosiy libosi — korsetli qora ko‘ylakni birinchi marta kiyganida hatto barmog‘ini ham qimirlata olmaydi. Korset harakatlanishni cheklab qo‘ygan, kiyimning orqa tomoniga esa metall halqalar mahkamlangan.

Aktrisaning eslashicha, Jaklin Uest bunday og‘ir kiyimda o‘ynashning iloji yo‘qligini tushunib, uni yengillashtirishga qaror qiladi. Metallning bir qismi olib tashlanib, temir halqalar yengilroq materialdan yasalgan.

Biroq bu ham yordam bermaydi — Julianna unda qimirlay olmaydi, chunki kiyimning yengil versiyasi 30 kg dan ortiq edi.

“Alisa mo‘jizalar mamlakatida”, Helena Bonem Karter

Kostyum dizayneri: Kolin Etvud.

Tim Byortonning filmida Miya Vasikovska o‘ynagan bosh qahramon emas, balki boshga aktrisa azob chekishiga to‘g‘ri keladi. O‘sha paytda rejissyorning rafiqasi bo‘lgan Helena Bonem Karter kiyimi sabab juda qiynaladi.

Muammo shundaki, Byortonning fikriga ko‘ra, qahramon ma’lum bir deformatsiyaga ega bo‘lishi kerak edi – ya’ni haddan tashqari katta boshga. Bunday effektni yaratish uchun, albatta, kompyuter grafikasi yordam beradi, lekin kostyum dizayneri ham harakat qilishi lozim edi.

Natijada bosh kattaroq ko‘rinishi uchun tanani imkon qadar kichraytirishga qaror qilinadi. O‘sha paytda Karter juda ozg‘in bo‘lishiga qaramay, korset kiydiriladi. Aktrisaning beli shu qadar siqilganki, Helena zo‘rg‘a nafas olardi. Yulduzning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda u korset kiyishning bebaho tajribasiga ega bo‘lgan.

Keyinchalik 2015-yilgi “Zolushka”da pari rolini o‘ynab, u bu ajoyib san’atni Lili Jeymsga o‘rgatadi. Helena keyinchalik qovurg‘alar og‘rimasligi uchun korset bog‘langanda qanday qilib to‘g‘ri nafas olishni ko‘rsatib beradi.

“Oppog‘oy: mittilar qasosi”, Juliya Roberts

Kostyum dizayneri: Eyko Ishioki

Ushbu film uchun liboslar afsonaviy Eyko Ishioki tomonidan yaratilgan. Uning yengil qo‘li bilan qirolichaning garderobida bir nechta hashamatli liboslar paydo bo‘ladi, ularni Juliya Roberts san’at asarlari deb ataydi. Biroq film ustida ishlashning eng qiyin qismi nima, degan savolga aktrisa “Mening to‘y libosim”, deb javob beradi.

Qirolicha Klementina to‘y libosining og‘irligi 25 kg, diametri 2,4 metr edi. Bu ko‘ylakni kiyish uchun har safar aktrisaga ko‘p vaqt kerak bo‘ladi va bir vaqtning o‘zida bir nechta odam unga yordam beradi.

Hatto yulduzning shaxsiy yordamchisi ham suratga olish jarayoni haqida gapirar ekan, to‘y sahnasini suratga olish Juliyani juda charchatganini ta’kidlaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »