Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Aliya Bhatt barcha davrlarning eng buyuk aktrisalari Nutan va Kajol kabi “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida Filmfare mukofotini qo‘lga kiritdi.

Foto: Bollywoodtime

U Madhuri Dikshit va Mina Kumarini ortda qoldirib, Bollivud tarixidagi eng yaxshi aktrisa nomintasiyasida 5 ta Filmfare mukofotini qo‘lga kiritgan uchinchi aktrisaga aylandi. Yaqinda o‘tkazilgan marosimda Bhatt “Rokki va Rani. Sevgi hikoyasi” filmidagi roli uchun bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan oldin Nutan va uning jiyani Kajol o‘z karyerasida 5 marta Filmfare olgan aktrisalar hisoblanardi. Biroq Aliya bu natijaga erishgan eng yosh va eng tezkor aktrisaga aylandi — 7 yil ichida 5 ta mukofot. Bhatt beshinchi mukofotini 30 yoshida oldi.

Nutan
Foto: Bollywoodtime

Taqqoslash uchun, Kajol 36 yoshda, Nutan esa 43 yoshda bunday e’tirofga sazovor bo‘lgan. Aliyaning “Eng yaxshi ayol roli” uchun birinchi sovrini 2016-yilda “Uchayotgan Panjob”, undan keyin esa “Fitna”, “Getto yigit”, “Gangubay Kathiavadi” hamda “Rokki va Rani” filmlari uchun beriladi.

Kajol
Foto: Bollywoodtime

Aliya iqtidorli aktrisa sifatida kelgusi yillarda yana bir nechta Filmfare mukofotlarini qo‘lga kiritib, barchani ortda qoldirishi ham mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »