Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yangi yil — qarindoshlar bilan bir dasturxon atrofida yig‘ilishning ayni vaqti. Ammo bayramdan keyin-chi? Maslahatimiz oila davrasida ushbu ro‘yxatdagi filmlarni tomosha qiling. Bo‘sh vaqtni maroqli o‘tkazish kafolatlanadi.

“Vonka”

Oila davrasida tomosha qilish uchun ajoyib variant. Ota-onalar bir vaqtlar oltin chipta topishga harakat qilganliklarini eslaydi, oilaning eng yosh a‘zolari esa dunyodagi eng yaxshi qandolatchi bilan tanishadi.

“Akvamen va yo‘qolgan saltanat”

Ekshn film tomosha qilmoqchimisiz? Bu borada Atlantida qiroli yordam beradi. Aytgancha, bu qismda otalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarga e’tibor qaratilgan. Filmdan so‘ng bir piyola choy ustida ko‘p narsalarni muhokama qilib olish mumkin.

“Sehrli xizmatlar byurosi”

Dam olish kunlarida sehrli voqealarga asoslangan film tomosha qilish — bundan yoqimli nima bo‘lishi mumkin? Film qahramonlari sehrli dunyo manfaati uchun ishlaydi, lekin ularning hayoti xavf-xatarlardan xoli emas.

“Suv parisi”

Umuman olganda, klassik Disney ertaklari oila davrasi uchun ideal variant bo‘la oladi. Boshqa tomondan, hozir juda ko‘p klassik filmlarning qayta suratga olingan versiyalari va yangi remeyklari mavjud — ularni ham e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.

“Piter Pen va Vendi”

Eski ertakning yana bir yangi ko‘rinishi. Bu sujet hammaga tanish bo‘lishi mumkin, lekin yillar o‘tib yana Piter Pen jamoasining bir qismi bo‘lish yoqimli emasmi? Parining sehrli changi yordamida uchishga tayyorlaning. Kattalarni ham unutmang.

“Asteriks va Obeliks: Samoviy imperiya”

Siz bu juftlikni allaqachon unutgandirsiz. Ammo ular hech qayerga g‘oyib bo‘lmagan — ular Xitoyga borishlari uchun uzoq vaqt kerak bo‘ldi. Bu vaqt ichida Asteriks tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishning uddasidan chiqdi. Obeliks esa avvalgidek. Ekran qarshisiga o‘rnashib, yangi sarguzashtga tayyorlaning.

“Pijama bazmi”

Ushbu film ajoyib tungi bazmlar qanday yakunlanishi kerakligini ko‘rsatadi. Pijama kechasidan so‘ng bir guruh do‘stlar Anna Mariyani topa olmaydi. Ajablanarlisi shundaki, kechasi nima bo‘lganini hech kim eslolmaydi. Biroq bazmda mehmon sifatida gipnozchi ham ishtirok etganini yoddan chiqarmaslik kerak.

“Po‘lat changal”

Tez orada Europe Plus ko‘magida yana bir ajoyib film taqdim etiladi. U ikki avloddan beri umri kurash tushish bilan o‘tayotgan oila haqida hikoya qiladi. Ammo ular nafaqat ringdagi janglarda qatnashadi, balki… Qolganini filmni tomosha qilib, bilib olasiz.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »