Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Villi Vonkaning shokolad fabrikasiga sayohatga kelgan bolakay Charli hikoyasi deyarli hammaga ma’lum. Ammo 21-dekabr kuni butun dunyo bo‘ylab Timoti Shalame ishtirokidagi “Vonka” prekveli chiqdi. Film nihoyatda yoqimli bo‘lib unda qayg‘uli lahzalar ko‘p, lekin hech qanday shubha yo‘qki, yaxshilik g‘alaba qozonadi.

Bu butun oila ko‘radigan ajoyib ertak

Yosh xayolparast Villi Vonka (Timoti Shalame) shokolad faqat boylar uchun mavjud bo‘lgan ma’lum bir shaharga keladi. U o‘z mahoratiga, yangi ta’mlarni o‘ylab topish iste’dodiga tayanib, shirinliklar do‘konini ochishni rejalashtirgan. Ammo birinchi kuniyoq qahramon bor pulidan ayriladi va mehmonxona egalariga qul bo‘lib qoladi. Ammo Vonka taslim bo‘lmaydi. Yetim bolakay Nudl (Kala Leyn) va firibgarlar tomonidan qul bo‘lgan boshqa odamlarning ko‘magida u yangi retseptlar o‘ylab topadi va o‘z biznesini boshlash yo‘llarini qidiradi. Bu yo‘lda hatto politsiyaga pora bergan shokolad ishlab chiqaruvchilar karteliga qarshi turishga majbur bo‘ladi.

“Vonka” haqida bilishingiz kerak bo‘lgan birinchi va eng muhim narsa: film rejissori Pol King bo‘lib, u tomoshabinlarga so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy ertak hikoyalardan biri — “Paddingtonning sarguzashtlari”ning ikki qismini taqdim etgan. Rostini aytganda, yangi film ko‘p jihatdan “Charli va shokolad fabrikasi”dan ko‘ra yoqimtoy ayiq haqidagi filmga yaqinroq. Bu ham notanish joyga moslashishga urinayotgan, yaqinlarini topib, adolatni tiklagan mehribon va sodda qahramon haqidagi hikoya.

Bosh qahramonning muhim bir afzalligi bor: u qo‘shiq aytadi. “Vonka” — barcha yoshdagilar uchun klassik musiqiy asar. Afsuski, chinakam esda qolarli kuylar unchalik ko‘p emas; eng jozibalilari 1971-yilgi filmdagi Pure Imagination va umpa-lumpa mavzusi bo‘lib qoladi. Ammo Timoti Shalamening qo‘shiq aytishi va raqsga tushishini tomosha qilishdan zavqlanish mumkin.

Bosh qahramonlarning mehribonligi va pozitivligi sizni birinchi daqiqalardanoq o‘ziga rom etadi. Mualliflar darhol Vonka muhtojlarga yordam berish uchun so‘nggi pullarini berishga tayyorligini ko‘rsatadi, shu bilan birga u shokoladni juda arzon sotishni rejalashtirmoqda. Umuman olganda, Vonka bularning barchasini onasining xotirasi uchun qiladi — xayriyatki, mualliflar Byorton filmidagi bolakayning qora tarixni o‘zgartirishadi. Avvalgi filmda qahramonning bolaligi zo‘ravon otasi, shirinliklar yeyish taqiqlanganligi va qo‘rqinchli breketlar bilan tasvirlangandi.

Qahramonlarning muammolari ham juda real

Ammo “Vonka” eng ijobiy hikoya bo‘lsa ham qora hazilni ham, qiyin vaziyatlarni ham yaxshi ko‘radigan Roald Dal asarlarining atmosferasini saqlab qoladi. Bu film voqealarini xiralashtirmaydi, shunchaki qahramonlarga hamdard bo‘lishga yordam beradi.

Yangi filmda mualliflar qayta-qayta Villi Vonkaga umuman hayratlanarli bo‘lmagan muammolarni taqdim etishadi: shartnomadagi kichik harflar, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi kelishuv, politsiyadagi korrupsiya, rasmiylarga yoqmagan odamlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatishgacha. Siz ertak olamida shafqatsiz realizmning ba’zi elementlarini ko‘rasiz.

Biroq bu bilan “Vonka” korrupsiya va firibgarlarga qarshi kurash haqidagi filmga aylanib qolmaydi, biroz “Paddington sarguzashtlari 2”ga o‘xshaydi — jinoiy detektiv va qamoqxona dramasi.

“Oskar” mukofoti sovrindori Oliviya Kolman ayyor mehmonxona egasi rolini aqlbovar qilmaydigan ishtiyoq bilan o‘ynaydi, Rouen Atkinson esa qabih ruhoniy sifatida har bir harakati bilan tomoshabinni kuldiradi.

To‘g‘risini aytganda, “Vonka” ijodkorlari bunday tajribali aktyorlarni antagonist rollarini o‘ynashga taklif qilishlari bejiz emas. Ba’zan ular Shalamedan ham o‘zib ketishadi.

“Vonka” bu — tanish hikoyaning ajoyib prekveli

So‘nggi yillarda mashhur qahramonlar, jumladan, ertaklar haqida hikoya qiluvchi juda ko‘p filmlar chiqarildi. Bunday hikoyalardan biri — “Kruella”. Film voqealari juda qiziqarli, ammo u “101 dalmatin”dagi yovuz obrazga mos kelmaydi.

Shalamening qahramoni ham mehribon — u hali yosh xayolparast. Shuningdek, Xyu Grant avvalgi filmda bo‘lgan mitti qahramonlar — umpa-lumpa obrazida namoyon bo‘ladi va hatto tanish ohangda qo‘shiq kuylaydi va bu ohangni unutib bo‘lmaydi.

Pol King “Paddington 3”ni suratga olishdan bosh tortib, uni “Vonka”ga almashtirgani bejiz emas. Yoqimtoy kichkina ayiq haqidagi franshiza usiz ham davom etadi. Ammo yangi ertak haqiqatan ham tomoshabinlarga zavq bag‘ishlaydi. Bundan tashqari, film qishda ekranlarga chiqdi: bir tomondan, mo‘jizaviy Yangi yil oldidan, boshqa tomondan sovuq va quyosh yetishmasligi davrida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »