Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tarixiy filmlar va fantastik janrdagi kartinalar ko‘zni quvontiradi. Filmdagi biz har kuni ko‘chada ko‘rgan narsalardan million marta farq qiladigan liboslarga qoyil qolish mumkin. Ba‘zida liboslar bo‘yicha dizaynerlar hatto qadimgi portretlar, arxiv fotosuratlar qahramonlarining kiyimlari va aksessuarlaridan nusxa ham ko‘chiradi.

“Ikki qirolicha”, 2018

“Ikki qirolicha” filmida Margo Robbi Yelizaveta I rolini o‘ynaydi, qirolicha obrazlaridan biri o‘ta aniqlik bilan qayta yaratilgan. Ijodkorlar obraz yaratishda ma’lumotnoma bo‘lib xizmat qilgan portret asrlar davomida sezilarli darajada xiralashganini e’tibordan chetda qoldirmaydi: agar rasmda oltin naqshli kulrang-ko‘k libosni ko‘rsak, filmda xuddi shu naqshlar yorqinroq matoni bezatadi. Yelizaveta I bokiraligi ramzi sifatida taqib yurgan qo‘sh ipli marvarid ham film ijodkorlarining e’tiboridan chetda qolmagan.

“Titanik”, 1997

O‘sha davrda qush iniga o‘xshash detallar mashhurlikning eng yuqori cho‘qqisida bo‘lgan bosh kiyimlarning bezaklari edi. Biroq katta bantli shlyapalar ham trendda edi: bu modelni 1911-1912-yillardagi moda kataloglarida topish mumkin. Film ijodkorlari qush iniga o‘xshash shlyapalardan ko‘ra ularga muqobil bo‘lgan katta bantli bosh kiyimdan foydalanishga qaror qiladi.

“Xo‘rlanganlar”, 2012

Voyaga yetgan Kozetta uchun libos tanlashda ijodkorlar tomoshabinda bog‘ gullari bilan assotsiatsiya uyg‘otishga harakat qiladi. Shuning uchun ular qizga shaftoli va nilufar rangdagi kostyumlarni tanlaydi. Film ijodkorlari o‘sha paytdagi modani ham e’tiborsiz qoldirmaydi. Misol uchun, Oktav Uzanning “Parijdagi moda: 1797-yildan 1897-yilgacha ayol didi va estetikasining turli bosqichlari” kitobida 1830-yildagi nastarinrang ko‘ylak kiygan ayol rasmini ko‘rish mumkin, bu Kozettaning obrazlaridan birini eslatadi. Ammo qiz 1830-yillarda yashagan.

“Kichik xonimlar”, 2019

“Kichik xonimlar” filmining liboslar bo‘yicha dizayneri mashhur rassomlar asarlaridan ilhomlangan. Florens Pyu qahramonining Parijdagi liboslari impressionistlardan olingan. Misol uchun, qiz Lorining turmush qurish taklifini qabul qilgandagi libosi Klod Monening “Bog‘dagi ayollar” kartinasidagi qahramonlardan birining kiyimi bilan deyarli bir xil.

“Malefisenta”, 2014

Filmdagi Avrora obrazi Uoterxausning “Ofeliya” suratiga ishora beradi. Film liboslari dizayneri Anna Sheppard mashhur suratlardan ilhom olganini tan oladi. “Men Avrora nimfaga o‘xshab, begunoh va nafis ko‘rinishini xohladim. U boshqa personajlardan farq qilishi kerak edi”, — deydi liboslar dizayneri.

“Sheryurak”, 2012

Ma’lum bo‘lishicha, animatorlar qahramonlar uchun libos tanlashda rassomlar ijodini e’tiborsiz qoldirmaydi. Shunday qilib, tarmoq foydalanuvchilari “Sheryurak” animatsion filmining bosh qahramoni onasining libosi Sargentning “Ledi Makbet” libosiga mos kelishini payqaydi. Multfilm voqealari Shotlandiyada bo‘lib o‘tadi, qiziqarli tomoni Ledi Makbet ham shotlandiyalik.

“Pristsilla: Elvis va men”, 2023 yil

Kostyum dizayneriga Pristsillaning to‘y libosini qayta yaratish topshirilganida, uni o‘rganish uchun original kiyimni ko‘rishga harakat qiladi. Ammo kiyimni olishning iloji bo‘lmaydi. Shu sababli liboslar dizaynerining faqat arxiv fotosuratlariga e’tibor qaratib, dizaynni noldan ishlab chiqishdan boshqa iloji yo‘q edi. Shuning uchun mutaxassis qattiq ishlashga majbur bo‘ladi. U shuningdek, vintaj kolleksiyalaridan to‘r namunalarini olish uchun Chanel uyiga murojaat qiladi va mos keladigan to‘r nusxasini buyurtma qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »