Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turk aktrisalarining har biri betakror go‘zalligi bilan hayratda qoldiradi, bu ba’zan Yaratganning tuhfasi emas, balki plastik jarrohlarning mohirona ishi bo‘lib chiqadi.

Fahriye Evjen

Hatto Turkiyaning eng kelishgan aktyori Burak O‘zchivit ham Fahriye Evjenning go‘zalligiga dosh berolmadi. Aktrisa u bilan “Choliqushi” serialida tanishgan, ammo yulduzlar bir necha yil o‘tgach, “Sevgi senga o‘xshaydi” loyihasida yana uchrashganlarida bir-biriga befarq emasliklarini anglagan.

Har yili Fahriyening ko‘rinishi tobora ajoyib bo‘lib borayotganiga qaramay, u har qanday jarrohlik aralashuvini qat’iyan rad etadi. Evjen go‘zalligi uchun onasidan qarzdor ekanligini ta’kidlaydi. Ammo ko‘pchilik bu gapga ishonmaydi. Yuz suyaklari o‘rniga silliq yonoqlar, ingichka lablar va boshqacha ko‘z shakli Fahriye plastik jarrohga qayta-qayta murojaat qilganini bildiradi. Bundan tashqari, turk nashrlari aktrisada kamida 14 ta go‘zallik operatsiyasini hisoblagan. Ular orasida iyakdagi yog‘ to‘qimlarini olib tashlash, yonoqni ko‘tarish, menoplastika, rinoplastika, qosh shaklini o‘zgartirish, gialuron kislotasi inyeksiyalari va boshqalar mavjud. Fahriyening bir necha yillar oldingi va bugungi fotosuratlariga qarab, bunga ishonish uchun barcha asoslar bor.

Hande Erchel

“Qalbim eshigini qoq” yulduzidagi keskin o‘zgarishlar haqida juda ko‘p aytiladi va yoziladi. Hande Erchel kinodagi faoliyatini 2013-yilda boshlagan. O‘sha paytda ekranda aristokrat, ozg‘in ayol o‘rniga to‘lagina, qizg‘ish yonoqli shiringina qiz ko‘rinish beradi. Yulduzning aytishicha, vazn yo‘qotish uchun u har kuni sport zalida ishlagan, qattiq parhezga rioya qilgan va massaj olgan — bu bel va sonlarning mukammal konturiga erishishga yordam bergan.

Ammo ko‘plab ekspertlarning ta’kidlashicha, bunday o‘zgarishlarning orqasida nafaqat hayot tarzi, balki bir nechta jiddiy operatsiyalar ham turibdi. Ularning fikricha, aktrisa ko‘z shakli, jag‘i va lablarini korreksiya qildirgan. Yulduzning hozirgi yonoqlari yuzidagi yog‘ to‘qimalarini aniq olib tashlaganini ko‘rsatadi, bu uning yonoq suyaklarining yanada aniqroq ko‘rinishga kelishiga imkon bergan. Iyak va boshqa ba’zi joylarda liposaktsiya amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, yulduz mammoplastika va abdominoplastikadan o‘tgan, bu unga juda ko‘p vazn yo‘qotganidan keyin o‘z qomatini yaxshilashga imkon bergan.

Neslihan Atagul

Bu turk aktrisasi o‘zining noodatiy ko‘rinishi bilan ko‘pchilikning yodida qoladi. Gap shundaki, Neslihan tomirida cherkes va belarus qoni bor, bu uning yashil ko‘zlarini jozibali qilishga hissa qo‘shgan. Ko‘plab hamkasblaridan farqli o‘laroq, aktrisa tashqi ko‘rinishini yaxshilash uchun jarrohlar yordamiga murojaat qilganini yashirmaydi.

U hali 25 yoshga ham to‘lmay birinchi jarrohlik operatsiyasiga qaror qiladi. Atagul ko‘z ostidagi xaltadan qutulish uchun pastki qovog‘ini blefaroplastika qildiradi. Mish-mishlarga ko‘ra, bir muncha vaqt o‘tgach, aktrisa protsedurani yana takrorlagan. Keyingi amaliyot rinoplastika bo‘lib, u yordamida burun uchi tuzatilgan. Neslihan bu haqda hech qanday izoh bermaydi va har bir insonning tashqi go‘zalligiga emas, ichki go‘zalligiga baho berishni qat’iy tavsiya qiladi.

Demet O‘zdemir

“Qulupnay hidi”, “Sayroqi qush” va “Kurt Seyit va Aleksandra” kabi mashhur teleseriallar aktrisasi 31 yil davomida birorta ham plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkazmaganini ta’kidlaydi. Biroq uning eski fotosuratlari buning aksini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, aktrisa har doim tashqi ko‘rinishiga biroz tanqidiy yondashishi sir emas.

Estetik tibbiyot mutaxassislarining ta’kidlashicha, yulduz shubhasiz botoks va fillerdan foydalangan, bu esa iyak shaklini o‘zgartirishga yordam bergan. Biroq ba’zilar bunday nafis o‘zgarishlar jiddiyroq aralashuv natijasi ekanligiga amin: Demet yoshligida suyak plastikasini o‘tkazgan, bundan tashqari, endoskopik qosh ko‘tarish amaliyoti ham o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin — bu unga ko‘zi va yuzini o‘zgartirishga yordam bergan.

Mine Tugay

“To‘lqin”, “Shafqatsiz Istanbul”, “Qo‘rg‘on sirlari” va “Qulupnay hidi” seriallari yulduzining eski fotosuratlariga qaraganda, uning hayotida bir necha marta plastik jarrohlik amaliyoti sodir bo‘lganiga shubha yo‘q. Mine Tugay tashqi qiyofasiga alohida g‘amxo‘rlik qilishiga qaramay, u hali ham kosmetolog va plastik jarrohlar yordamiga murojaat qiladi.

Aktrisani rinoplastika, yuzi va iyagi shaklini qildirgan deb hisoblashadi. U bir necha bor botulinum toksini va gialuron kislotasi inyeksiyalarini qilganlikda ayblanib, bir kun kelib o‘ziga o‘xshamay qolishi haqida ogohlantirgan. Biroq aktrisa har qanday plastik jarrohlikni rad etadi.

Beren Saat

Aktrisa Beren Saat mamlakatdagi eng jozibali ayollardan biridir. Kundalik hayotda Saat deyarli bo‘yanmaydi va jarroh skalpeli o‘rniga estetik kosmetologiyani afzal ko‘radi. 2012-yil noyabr oyida u Turkiyaning ELLE jurnali muqovasida hech qanday makiyajsiz paydo bo‘ladi va shu bilan tabiiy go‘zallik tendensiyasini o‘rnatadi. U terisiga ehtiyotkorlik bilan g‘amxo‘rlik qiladi, plastik jarrohlik va go‘zallik inyeksiyalariga qarshi.

“Aktyor tomoshabinlar bilan birga qariydi va vaqt sizning tashqi ko‘rinishingizga ta’sir qilmaydi, deb muxlislaringizni aldash ahmoqlikdir. Men eng go‘zal va mukammal bo‘lishni xohlamayman. Men oddiylikni yaxshi ko‘raman va o‘ylaymanki, eng muhimi shu”, — deb tan oladi Beren intervyusida.

Shunga qaramay, ko‘plab mutaxassislarning ta’kidlashicha, turk aktrisasi bir vaqtlar yuz shaklini biroz korreksiya qildirgan bo‘lishi kerak, chunki plastik jarrohlikdan oldin u bunchalik nafis ko‘rinmasdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »