Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nega uy hayvonlarimizni juda yaxshi ko‘ramiz? Chunki ular bizni ko‘rganlarida doimo chin dildan xursand bo‘ladi, biz esa ularni ko‘rganimizdan. Jonivorlar o‘zlarining his-tuyg‘ularini dumini likillatib, ko‘zlari bilan ko‘rsata olmaydi. Shuning uchun ularning katta ekranda paydo bo‘lishi tomoshabinlarga o‘zgacha zavq beradi.

Oq boyqush — “Garri Potter”

 
 
Foto: Filmdan kadr

Hagrid tug‘ilgan kunida sovg‘a qilgan qutb boyqushi Garri Potterning sodiq do‘sti bo‘ladi. Barcha boyqushlar singari u ham xatlarni yetkazib beradi va jo‘natmalarni qayerga olib borishni juda yaxshi biladi. Boyqush yosh sehrgarlar kelishidan oldin belgilangan joyga uchib borar, gapira olmasa ham egasiga juda sadoqatli edi. Suratga olish jarayonida u qiyin tryuklardan birini — Potterga “Nimbus 2000” supurgisini yetkazib berishni uddalaydi. Qushni bu harakatni bajarishga o‘rgatish uchun murabbiylarga deyarli olti oy kerak bo‘ladi.

Xatiko — “Xatiko”

Foto: Filmdan kadr

Film Yaponiyada sodir bo‘lgan real voqeaga asoslangan bo‘lib, egasi vafotidan keyin uni 9 yil davomida stansiyada kutgan sodiq akita-inu zotli it haqida hikoya qiladi. Xatiko sadoqat timsoliga aylanadi va unga atab yodgorlik o‘rnatiladi. Jonivorning suyaklari Tokiodagi Milliy fan muzeyida saqlanadi. Richard Gir ishtirokidagi Gollivud filmida Xatiko rolini Chiko, Lila va Forest ismli uchta akita-inu itlari ijro etgan. Ularning har biri shaxsan tanlab olingan va olti oy davomida murabbiy Bun Narr tomonidan o‘rgatilgan. Filmning suratga olish maydonchasida Amerika hayvonlar huquqlari assotsiatsiyasi (AHA) vakili Marisa Bellis ham bo‘lgan. U itlarning yetarlicha ovqat yeb, dam olishini nazorat qilgan. Uning tashabbusi bilan uy hayvonlari sovqotib qolmasligi uchun kiyim tikilgan, chunki suratga olish ishlari qishda bo‘lgan.

Dalmatinlar — “101 dalmatin”

Foto: Filmdan kadr

Uyingizda 101 ta dalmatin itlarini tasavvur qila olasizmi? Suratga olish jarayonida 20 ta katta yoshli it va 230 ga yaqin kuchuk ishtirok etgan. Kichkina dalmatinlar juda tez o‘sganligi sababli rejissorlar har 2 haftada jonivorlarni almashtirishlariga to‘g‘ri keladi, chunki filmda ular bir xil yoshda bo‘lishi kerak edi. Egalari xursand bo‘lishi uchun kuchukchalarga filmda o‘ynaganliklari haqida guvohnoma beriladi. “101 dalmatin” ekranlarga chiqqach, shunday zotli itlar bir zumda dunyoga mashur bo‘lib ketadi.

Mushuk Salem — “Sabrina-mitti jodugar” teleseriali

Foto: Filmdan kadr

Gapiruvchi qora mushuk Salem o‘zining aqlli so‘zlari va barcha holatlarga tayyor turadigan ko‘z yoshlari tufayli ommaning sevimlisiga aylanadi. Filmda Salem yosh jodugar Sabrinaning tanishi va dunyoni egallashga uringani uchun hayvon tanasiga qamalgan sehrgardir. Serialdagi aksariyat sahnalarda yozuvchi va aktyor Nik Bakay ovoz bergan animatsion mushuk modelidan foydalanilgan. Dialogsiz sahnalarda to‘rtta o‘rgatilgan mushuk: Elvis, Lyusi, Salem va Jodugar ishtirok etadi.

Senberner Betxoven — “Betxoven”

Foto: Filmdan kadr

Senberner zotiga tegishli Betxovenni xuddi shu nomdagi filmda Kris ismli it o‘ynagan. Tomoshabinlar uni quvnoq harakatlari va oila boshlig‘i Jorj bilan chiqisholmasligi orqali eslashadi — u uyda it boqishga har tomonlama qarshi edi. Betxoven yovuz veterinar qo‘liga tushib qolgach, bosh qahramon uy hayvoniga bo‘lgan mehrini anglab, uni qutqarib qoladi.

Dastlab filmda retriver zotli it o‘ynashi kerak edi, biroq avval ham senbernerlar bilan filmda ishlagan murabbiy Karl Lyuis Miller bu itlarni yaxshi ko‘rib qoladi va ssenariyni o‘zgartirishni taklif qiladi. Natijada bu rol iqtidorli it Krisga beriladi. Afsuski, birinchi qism suratga olingandan so‘ng senberner Kris nafaqaga chiqadi, keyinchalik u yoshligi o‘tgan fermada 12 yoshida vafot etadi. Betxovenning boshqa qismlarida xuddi shu zotli boshqa itlar o‘ynagan.

Pingvinlar — “Janob Popper pingvinlari”

Foto: Filmdan kadr

Hayvonlarni suratga olish — oson ish emas, lekin rejissor Mark Uoters filmni kompyuter grafikasini kamroq ishlatgan holda suratga olishga qaror qiladi. “Janob Popper pingvinlari”da oltita sub-Antarktika pingvinlari tasvirlangan. Pingvinlar nafaqat tomoshabinlarning, balki butun suratga olish guruhining sevimlisiga aylanadi. Ishbilarmon Popper rolini ijro etgan Jim Kerri ular “kuchukchalardan 10 barobar yoqimtoyroq” ekanini aytadi. Aytgancha, Gollivuddagi premyerada pingvinlar ham aktyorlar bilan birgalikda qizil gilamdan o‘tgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »