Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ba’zan shunday paytlar bo‘ladiki, filmdagi adolatsizliklar yoki noo‘rin talablar aktyorlarning kino olamidan hafsalasi pir bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Kichik Freddi Prins — “O‘tgan yozda nima qilganingni bilaman”

“O‘tgan yozda nima qilganingni bilaman” filmi kichik Freddi Prins, Jennifer Lav Hyuitt va Rayan Filippga xalqaro miqyosda mashhur aktyorlar bo‘lishga imkon beradi, Sara Mishel Gellar esa “Baffi — vampirlar ovchisi” tufayli allaqachon mashhur edi.

O‘sha paytda Fredi endigina karyerasini boshlagandi, ammo rejissor Jim Gillespi uni o‘z filmida ko‘rishni istamasligini ochiqchasiga aytadi. Bu haqiqiy zo‘ravonlikka aylanadi, Freddi hamkasblari tufayligina filmda qoladi. Agar ular bo‘lmaganida, Freddi aktyorlik faoliyatini davom ettirishi qiyin edi.

Bir necha yil o‘tgach, vaziyat yana takrorlanadi, ammo bu safar “24” serialini suratga olish paytida. Freddi aktyor Kifer Sazerlend bilan ishlagan va uni shunchalik noprofessional deb hisoblaydiki, kinodan hafsalasi pir bo‘lib, uch yil davomida filmlarda rol o‘ynamaydi.

Emma Uotson — “Garri Potter”

Emma Uotson aslida “Garri Potter”dagi qahramoniga juda o‘xshaydi, chunki u ham o‘qishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Emma juda mashhur aktrisa bo‘lsa-da, universitetdagi o‘qishiga e’tibor qaratish uchun kinodan ketishni rejalashtiradi. Uotson bu haqda “Garri Potter”ning rejissori va prodyuserlariga aytadi. Ular uchun bu kutilmagan hol edi, chunki Germionasiz “Garri Potter”ni davom ettirishning iloji yo‘q edi.

Ammo o‘qish Emmani hammasidan voz kechishga majbur qilgan yagona narsa emasdi. U shunchaki Gollivudda o‘zini ko‘rmaydi va hayotini suratga olish maydonchasi va qizil gilamlarda o‘tkazishni tasavvur qila olmaydi. Avvaliga bu uni “Garri Potter”ni tark etish, keyin esa umuman kinodan ketish haqida o‘ylashga majbur qiladi. Oxir-oqibat Emmani Germiona rolida qolishga bazo‘r ko‘ndirishadi, ammo 2019-yildan keyin u karyerasini noma’lum muddatga to‘xtatadi.

Eysa Batterfild — “Yo‘l-yo‘l pijamali bolakay”

Karyerasi boshlanganidan ikki yil o‘tgach, Batterfild “Yo‘l-yo‘l pijamali bolakay” filmida rol o‘ynaydi. Filmni tomosha qilish juda qiyin ekanligini hisobga olsak, yosh aktyor uchun suratga olish maydonchasida qanday bo‘lganini tasavvur qilish oson emas. Ammo Eysa The Guardian nashriga bergan intervyusida aytishicha, “Yo‘l-yo‘l pijamali bolakay” filmi suratga olingandan keyin yillar o‘tib, u bir necha lahzani eslab qolgan va ularning barchasi salbiy bo‘lgan.

Ayniqsa, Eysaning qahramoni va uning do‘sti odamlarga to‘la gaz kamerasiga kirib, ular bilan dahshatli taqdirni baham ko‘rgan so‘nggi sahna xotirasida yorqin saqlanib qolgan. Suratga olish maydonchasida hammasi o‘shanday edi: tor xona, kiyimsiz erkaklar va zulmat. Eysa qo‘rqib ketganidan bir necha marta u yerdan yugurib chiqadi, har safar ota-onasi uni tinchlantirishadi. Batterfild, shuningdek, onasi unga agar bu rolni xohlamasa, rad etishi mumkinligini aytadi. Eysa bu kadrni amallab oxiriga yetkazadi. Suratga olish tugagach, onasiga endi aktyor bo‘lishni xohlamasligini aytadi va faoliyatini to‘xtatadi. Chunki “Yo‘l-yo‘l pijamali bolakay” unga katta bosim o‘tkazgandi.

Ijodiy tanaffus uzoq davom etmaydi — ikki yildan so‘ng u “Bo‘ri odam” filmida rol o‘ynaydi.

Kit Harington — “Taxtlar o‘yini”

Kit Harington avval teatrda ishlagan, kinoga esa hayotining 9 yilini bag‘ishlagan “Taxtlar o‘yini” filmida debyut qiladi. Serial finalidan bir necha yil oldin Kit Haringtonning beqaror ruhiy holati haqida xabarlar chiqa boshlaydi. Jon Snou hamisha jahldor bo‘lgan, kastingdan bir kun oldin ham janjal qilgan, biroq “Taxtlar o‘yini” filmini suratga olish chog‘ida vaziyat keskinlashadi. Kit hatto reabilitatsiyaga borishiga to‘g‘ri keladi, bu vaqtda u kinodan ketish haqida o‘ylardi. U bir necha oyni shunday o‘ylar bilan o‘tkazadi va oxirida qolishga qaror qiladi, chunki u suratga tushishni sog‘inganini tushunadi.

Jessika Alba — “Fantastik to‘rtlik 2”

Rejissorlik faoliyati muvaffaqiyatsizlikka uchragan Tim Stori Jessika Albaning ko‘z yoshlarini tanqid qiladi. “Fantastik to‘rtlik 2” filmining suratga olish paytida Jessika haqiqatan ham yig‘laydi. Biroq rejissorga Jessikaning ko‘z yoshlari yoqmaydi. U aktrisaga: “Ko‘z yoshlaring juda real ko‘rinadi. Yig‘laganingda go‘zalroq ko‘rina olasanmi?” deydi. Bu so‘zlar tabiiyki Jessikani hayratda qoldiradi va u jahl bilan kinoda boshqa o‘ynamasligini e’lon qiladi. Ammo, ma’lum bo‘lishicha, aktrisa o‘sha yili yana bir nechta filmlarda suratga tushgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »