Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Oskar” eng nufuzli kino mukofoti hisoblanadi. Shu sababdan ham filmning qancha “Oskar”i borligini bilish juda muhim. Quyida haykalchalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan filmlar haqida gaplashamiz.

“Ben Gur”

Foto: Filmdan kadr

Yo‘q, gap 2016-yilda rejissor Timur Bekmambetov tomonidan suratga olingan film haqida emas, balki 1959-yilda chiqqan kartina haqida ketmoqda.

Bekmambetovning remeyki kassada muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, 100 ming dollarlik budjetga nisbatan bor-yo‘g‘i 94 million dollar yig‘adi. Birinchi film mualliflarga bor-yo‘g‘i 15 million dollarga tushgan bo‘lsa, kassada bir necha baravar ko‘p daromad yig‘ilgan. Lekin eng muhimi 11 ta “Oskar” haykalchasini qo‘lga kiritib, Qo‘shma Shtatlarning milliy xazinasiga aylanadi.

O‘tgan asrning o‘rtalarida bu so‘zsiz rekord edi. Ilgari hech bir film bunday mukofotlar ro‘yxati bilan maqtana olmasdi. Film darhol kultga aylanadi.

“Titanik”

Foto: Filmdan kadr

“Titanik” prokatda 2 milliard dollardan ko‘proq daromad oladi. U 1997-yilda namoyish etilgan. Keyinchalik 20 daqiqaga uzaytirilgan 3D versiyasi ham chiqariladi. Filmni yana ikki marta — 2012- va 2017-yillarda kinoteatrlarda namoyish etishadi.

Jeyms Kemeron diqqatni o‘ziga tortadigan, boy hissiyotlar palitrasini uyg‘otadigan, ikkinchi va undan keyingi tomoshalarda zerikmaydigan mukammal film yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuning uchun “Titanik” 11 ta haykalchani qo‘lga kiritib, o‘zidan oldingi “Ben Gur” rekordini takrorladi.

“Uzuklar hukmdori”

Foto: Filmdan kadr

2003-yilda O‘rtayer haqidagi trilogiyaning yakuniy qismi — “Qirolning qaytishi” filmi chiqadi, u darhol ikkita yutuqqa erishadi:

  • bir milliard dollardan ko‘proq daromad, bunga faqat “Titanik” erishgan edi;
  • 11 ta “Oskar” haykalchasini oladi.

Ammo “Uzuklar hukmdori” alohida holat. Gap shundaki, fantaziya jiddiy janr hisoblanmaydi va ko‘plab kinotanqidchilar fantaziya doirasida kino tilining barcha boyliklaridan foydalangan holda chuqur hikoya qilib bo‘lmaydi, degan fikrga qo‘shiladi.

“Uzuklar hukmdori” bu streotipni yo‘q qildi. Bu “Oskar”ni qo‘lga kiritgan birinchi fantastik filmdir. “Qirolning qaytishi”gacha hech kim bunday sharafga sazovor bo‘lmagan.

“Vestsayd tarixi”

Foto: Filmdan kadr

Akademiya mukofotining 23 ta asosiy nominatsiyasi mavjud. Hech bir film ularning barchasida g‘olib bo‘lmagan va kino tarixida faqat uchta film 11 ta mukofotni qo‘lga kiritgan.

Kino tarixida 10 ta haykalchaga munosib ko‘rilgan “Vestsayd tarixi” filmi “Romeo va Julyetta”ning takrori hisoblanadi. Bir-biriga dushman oilalarning rolini barcha musiqiy qonunlarga muvofiq qo‘shiq aytadigan va raqsga tushadigan ko‘cha to‘dalari o‘ynaydi.

Mazkur filmning remeyki 2021-yilda ekranlarga chiqadi, biroq uning boshida taniqli Stiven Spilberg turganiga qaramay, u o‘zidan oldingi shon-shuhratni takrorlay olmadi. Film bir nechta “Oskar” nominatsiyalarini oladi, lekin faqat bitta haykalchaga munosib ko‘riladi.

“Ingliz bemor”

Foto: Filmdan kadr

“Ingliz bemor” filmi 1996-yilda chiqarilgan. Hozir bu film haqida juda kam gapiriladi, lekin o‘z vaqtida film juda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Asosiysi u tanqidchilar mehrini qozongan va 9 ta haykalcha olishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »