Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bir-biriga chiday olmaydigan va do‘stlashishi dargumon bo‘lgan jahon yulduzlari bilan tanishing.

Daniella Bregoli va Kayli Jenner

Daniella — Kayli Jennerga chiday olmaydigan yosh amerikalik reper. “Men bu megajinni yoqtirmayman. U shunchalik e’tiborga muhtojki, bu uchun hamma narsa qiladi. Qanday qilib ingichka lab va qisqich shaklidagi tanani qumsoatga aylantirish mumkin?” To‘g‘ri, Kayli va Daniella bir-birlarini tanimaydi, balki reper Jenner bilan uchrashgandan keyin fikrini o‘zgartirar?

Viktoriya Bekhem va Naomi Kempbell

Hozirda Viki va Naomi kelishmovchiliklarni hal qilib olishgan, lekin avvallari ular bir-biriga chiday olmasdi. Hammasi Naomi nima uchun Bekhem betakror (Posh) laqabini olganini tushunmasligini aytganidan keyin boshlangan. Vikki bunga javoban Kempbellni Victoria’s Secrets teleko‘rsatuvida “semiz sigir” deb ataydi. Ular 8 yildan keyingina yarashadi, ammo ular qanday qilib kelishib olganini hech kim bilmaydi. Buning isboti sifatida yulduzlar “Metropoliten” muzeyidagi ko‘rgazma ochilishi munosabati bilan tashkil qilingan balga birga kelishadi.

Elton Jon vs Madonna

Elton Avstraliya telekanallaridan biriga bergan intervyusida Madonna ijodini keskin tanqid qiladi. U nafaqat xonandaning fonogramma orqali ijro etishini, balki uning konsert chiptalari asossiz ravishda qimmatligini ham ta’kidlaydi: “Qachondan beri fonogramma jo‘rligidagi qo‘shiqlar jonli ijro deb atala boshlandi? Bunday konsert uchun katta pul to‘lash esa ahmoqlik”. Ammo bir yil o‘tgach, u Madonnadan kechirim so‘raydi. Biroq insayderlarga ko‘ra, u xonanda haqidagi fikrini o‘zgartirmagan.

Merayya Keri vs Jennifer Lopes

Merayya 1993-yilda musiqiy prodyuser Toni Motollaga turmushga chiqadi va hayoti jahannamga aylanadi. Eri uni nazorat qilar, kim bilan muloqot qilishini kuzatar, uydan chiqishiga ruxsat bermasdi va hatto telefon suhbatlarini tinglaydi. Keri uzoq vaqt ajralishga jur’at etolmaydi — chunki Motolla shou-biznesdagi muhim shaxs edi, bir ishora bilan Merayyaning karyerasini yo‘q qilishi mumkin edi. Va nihoyat 1997-yilda xonanda Toni bilan ajrashadi. Natijada prodyuserga yangi yulduz kerak bo‘ladi va bu yosh, hali tanilmagan Jennifer Lopesning chekiga tushadi. Shu bilan hammasi yaxshilik bilan tugashi mumkin edi, lekin Toni sobiq xotinini ta’qib qilaveradi.

Merayya o‘zi bosh rolni o‘ynagan “Yorqin” filmi uchun saundtrek ustida ishlaydi. Keri asosiy qo‘shiq uchun Firecracker trekidagi sempldan foydalanmoqchi bo‘ladi. Motolla bundan xabar topib, semplni Lopesning I’m Real qo‘shig‘ida ishlatadi.

O‘shandan beri Merayya Lopesni ko‘rarga ko‘zi yo‘q va doimo: “Men uni tanimayman”, deydi.

Chelsi Handler va Anjelina Joli

Chelsi — Jennifer Enistonning eng yaqin dugonalaridan biri. Yumshoq qilib aytganda, Anjelina Jolini yoqtirmasligi ajablanarli emas. Chelsi aktrisani Bred Pittni Jendan uzoqlashtirganini kechira olmaydi.

Xendler 2011-yilda Nyu-Jersidagi stendapda shunday deydi: “U butun dunyo bolalarini qutqara oladi, lekin men unga zig‘irchayam ishonmayman. Intervyularida u bittayam dugonasi yo‘qligini aytadi, chunki u juda xudbin”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »