Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida harakatlanuvchi avtobuslardan birida haydovchi harakat davomida sigaret chekkani aks etgan video tarqaldi. “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi

Kadr: Telegram

Xabarga ko‘ra, 28-dekabr kuni “Toshshahartransxizmat”ning yo‘lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat qilish xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari o‘tkazilganda mazkur qoidabuzarlik “18-avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi 87-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi Yutong rusumli avtobus haydovchisi I.A. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. 

Ta’kidlanishicha, “Toshshahartransxizmat”ning avtobus saroylarida faoliyat olib borayotgan har bir haydovchiga yo‘nalishda tartib-intizomni saqlash, yo‘lovchi tashish qoidalari va madaniyatiga rioya etish va korxonaning ichki mehnat tartibiga amal qilish, shuningdek, harakat vaqtida uyali aloqa telefonidan foydalanmaslik va tamaki mahsulotini iste’mol qilmaslik bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazilgan bo‘lib, har bir haydovchidan yuqoridagi talablarga rioya etishi yuzasidan kafolat xati olingan.

Ushbu kafolat xatiga asoslanib, avtobusni boshqarish vaqtida tamaki mahsulotini iste’mol qilib, korxona ichki tartib qoidalarini  buzganligi uchun haydovchiga nisbatan “18-avtobus saroyi” filiali rahbariyati tomonidan qat’iy chora ko‘rilib, haydovchi I.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »