Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Toshshahartransxizmat” AJ avtobus haydovchisi va yo‘lovchilar o‘rtasida sodir bo‘lgan tortishuv yuzasidan munosabat bildirdi.

Kadr: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus haydovchisi va yo‘lovchilar o‘zaro tortishayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat “Toshshahartransxizmat” tomonidan atroflicha, avtobus saloniga o‘rnatilgan videokuzatuv vositalarida qayd etilgan tasvirlar asosida o‘rganib chiqilgan.

O‘rganish jarayonida 25-sentabr kuni soat 19:59 da 93-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi A.G‘. boshqaruvida Yunusobod 9-dahasidan Food city savdo markazi tomon harakatlanib ketayotgan King Long rusumli avtobusda sodir bo‘lgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, salondagi yo‘lovchiga haydovchi tomonidan belgilanmagan joyda avtobusni to‘xtatmasligi to‘g‘risida maʼlumot berilgan. Shundan so‘ng yo‘lovchi haqoratli so‘zlarni gapirib, avtobus boshqaruviga xalaqit bergan. Tortishuv natijasida yo‘lovchi va unga hamrohlik qilayotgan ayol yo‘lovchi avtobusdan tushib, uning old tomoniga turib olib 15 daqiqa davomida harakatlanishiga to‘sqinlik qilgan. Hozirda voqea yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

“Hurmatli yo‘lovchilar! Jamoat transportida harakatlanish qoidalariga amal qilishingizni va yuqoridagi kabi holatlarga guvoh bo‘lganingizda 1062 ishonch raqamiga murojaat qilishingizni iltimos qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Iyun oyida Toshkent shahrida konditsionerni yoqmasdan harakatlangan avtobus haydovchisiga jazo chorasi belgilangani, undan oldin esa yo‘lovchi elektrobusi haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzib, yo‘lovchilar hayotini xavfga qo‘ygani, Toshkentda avtobus haydovchisi harakat davomida sigaret chekkani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »