Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Toshshahartransxizmat” avtobus haydovchisi uch oydan buyon oylik maoshi olmayotganini aytgan audioyozuvga munosabat bildirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, “Toshshahartransxizmat” AJning sakkizta avtobus saroyi filiallarida xizmat ko‘rsatuvchi avtobus haydovchilarining oylik maoshlari quyidagi tartibda hisoblanadi:

  • ishlangan oy tugagach keyingi oyning 1-sanasidan 10-sanasiga qadar haydovchilarning bir oyda ishlagan ish soati, bajargan qatnovlar soni, muntazamligi hisoblab tekshiriladi.

Keyin esa haydovchining bir oy davomida yo‘nalishda harakatlangan vaqtda sodir etgan qoidabuzarliklari tekshiriladi. Barcha maʼlumotlar yig‘ilgandan so‘ng, keyingi oyning 10-sanasidan oylik maoshining aniq hisobi chiqariladi. Shundan so‘ng, belgilangan oylik maoshlari haydovchilarga to‘lana boshlaydi.

Murojaatda keltirilgan maʼlumot, yaʼni avtobus haydovchisi uch oydan buyon oylik maoshi olmayotgani haqidagi maʼlumot yolg‘on hisoblanib, ayni paytda “Toshshahartransxizmat”ning 8 ta avtobus saroyi filiallari haydovchilarining faqatgina avgust oyi uchun qisman qarzdorliklari mavjud, — deyiladi munosabatda.

Jumladan, avgust oyida jami 30 milliard so‘m pul mablag‘i haydovchilarning oylik maoshlari uchun to‘lanishi belgilangan bo‘lib, shundan hozirda 18 milliard so‘mi to‘langan. Qolgan 12 milliard so‘m oylik maoshi bo‘yicha qarzdorlik hafta yakuniga qadar to‘liq qoplanishi belgilangan.

O‘zbekistonda jamoat transporti

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida jamoat transporti mutlaqo o‘zgarishi haqida aytgan edi. Shundan so‘ng aprel oyida Toshkentga Xitoydan 268 ta avtobus va elektrobuslar olib kelindi

May oyida Buxoroga yangi 100 ta avtobus va mikroavtobus, iyul boshida Sirdaryo viloyatiga esa 160 ta yangi avtobus olib kelinishi ma’lum bo‘ldi. Avvalroq “Toshshahartransxizmat”ga yo‘lovchilarni tashishda ko‘riladigan zararlarni qoplash uchun 18 milliard so‘m ajratilgani, Toshkentdagi 32 ta avtobus yo‘nalishida “kunlik plan” bekor qilingani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »