Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xiamen King Long United Automotive Industry kompaniyasi “Toshshahartransxizmat” kompaniyasiga uzunligi 18 metr bo‘lgan ilk elektrobusni topshirdi. Bu haqda dushanba kuni Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Transport vazirligi
“Tez kunlarda ushbu zamonaviy, qulay va ekologik toza elektrobus poytaxt aholisiga xizmat ko‘rsata boshlaydi”, — deyiladi xabarda.

Ushbu jamoat transportlarining Toshkentga kelishi haqidagi xabarlar avgust oyi oxirida tarqalgan, biroq poytaxt uchun bunday elektrobuslarni xarid qilish haqida xabar berilmagan edi.

Aprel boshida “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Xitoydan olib kelingan 268 ta avtobus va elektrobuslarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tgandi. Ushbu jamoat transporti vositalarining 101 tasi elektrobus, 109 tasi gazda harakatlanuvchi (12 metrli) avtobus, 48 tasi katta sig‘imli (“garmoshka”) avtobuslardir. Mazkur avtobus va elektrobuslar King Long va Yutong kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »