Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Toshshahartransxizmat” Toshkent shahridagi avtobuslardan biri tutab ketgani aytilgan xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, 25-avgust kuni 18-avtobus saroyi filialiga biriktirilgan Yutong rusumli avtobusda tutun hosil bo‘lgan.

18-avtobus saroyi filiali tasarrufidagi “Chorsu” savdo markazi—Chinni bozor yo‘nalishida qatnovchi 147-sonli avtobusning sovitish tizimi (konditsioner) kompressoridagi nosozlik tufayli sovitish tizimi tasmasi ishqalanishi hisobiga tutun hosil bo‘lgan.

Mazkur hodisa avtobus haydovchisi tomonidan darhol aniqlanib, nosozlikni bartarf etish maqsadida avtobusni 18-avtobus saroyi filialiga olib borgan. Hodisa oqibatida yo‘lovchilarga va atrofdagilarga zarar yetmagan.

Hozirda ushbu avtobus 18-avtobus saroyi filialiga olib kelingan bo‘lib, Yutong kompaniyasining texnik xodimlari tomonidan avtobus nosozligi bartaraf etilgan.

“Avtobus soz holatga keltirilgan hamda 26-avgust kunidan ushbu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi”, — deyiladi xabarda.

Bundan oldin poytaxtda elektrobus bilan bog‘liq bir nechta yo‘l-transport hodisalari qayd etilgandi. Xususan, 8-iyun kuni Uchtepa tumanida yo‘lovchi elektrobusi va Lacetti to‘qnashib ketgan, 5-iyunda esa Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli—Glinka ko‘chalari kesishgan chorrahada Lacetti, Malibu-2 va Yutong rusumli elektrobus ishtirokida ham YTH yuz bergan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »