Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar Uchtepa tumanida yo‘lovchi avtobusi va Spark ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 10-avgust kuni soat 16:20 larda Uchtepa tumani THAY—Poygoh ko‘chalari kesishmasida 60 yoshli A.T. boshqaruvida bo‘lgan Yutong rusumli avtobus hamda 34 yoshli R.B. boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan oldin poytaxtda elektrobus bilan bog‘liq bir nechta yo‘l-transport hodisalari qayd etilgandi. Xususan, 8-iyun kuni Uchtepa tumanida yo‘lovchi elektrobusi va Lacetti to‘qnashib ketgan, 5-iyunda esa Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli—Glinka ko‘chalari kesishgan chorrahada Lacetti, Malibu-2 va Yutong rusumli elektrobus ishtirokida ham YTH yuz bergan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »