15-sentabr kuni Toshkent shahrida jamoat transporti avtobuslarda tashilgan yo‘lovchilar soni 900 000 dan ziyodni tashkil etgandi. Shaharda jamoat transporti xizmatlar sifatini talab darajasiga ko‘tarish maqsadida asosiy magistral ko‘chalarda avtobuslar harakati uchun alohida yo‘laklar tashkil etilgan. Umumiy uzunligi 44 km bo‘lgan ushbu yo‘laklar orqali bir kunda 16 mingta avtobus qatnovlari amalga oshirilib, 600 ming yo‘lovchi tashilmoqda.