Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘plab obrazlari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Chou Yun Fat multimillioner hisoblanadi. Ko‘rinishidan, u zodagonlardek bo‘lishi, xotini esa dunyodagi eng yaxshi taqinchoqlarni taqishi kerak. Axir, Gollivuddagi muvaffaqiyatli karyerasi aktyorga katta gonorar olishga imkon beradi. Biroq mashhurning suyukli ayoli Jasmin Tanning so‘zlariga ko‘ra, eri shaxsiy ehtiyojlari uchun oyiga yuz dollardan ko‘p pul sarflamaydi.

Nega 700 million dollarlik boylik egasi bunchalik tejamkor? Juftlik o‘z oldiga qanday maqsad qo‘ygan? Chou Yun Fat ishtirokidagi “Anna va qirol”, “Oltin gulning la’nati”, “Karib dengizi qaroqchilari” va boshqa bir qator mashhur Gollivud filmlari yodingizda bo‘lsa kerak. Tomoshabinlar xitoylik aktyorni mafiya vakili, imperator, zodagon yoki qadimgi mutafakkir Konfutsiy kabi eng ajoyib obrazlari bilan taniydi.

Uning kino qahramonlari oltin iplar, marvarid va olmoslar bilan bezatilgan qimmatbaho kiyimlarda ko‘rinish beradi. Egnidagi ipak liboslari qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan bo‘ladi. Aktyorning boshini esa sof oltindan yasalgan hukmdorlik toji bezaydi.

Oltindan qilingan bosh kiyimlarda tasvirlangan ilonlar va afsonaviy ajdarlar, sharqona gullar va qudrat timsollari Chou Yun Fatning qahramonlariga ulug‘vorlik va salobat bag‘ishlaydi. Tomoshabinni esa qadimgi davrlarga olib ketadi.

Sof oltindan yasalgan taroq yoki soch to‘g‘nog‘ichda olovli ajdar tasvirlanadi — haqiqiy bilim, donolik va imperiya qudrati ramzi. Oltin “ilon-oy”, ya’ni ajdaho Samoviy imperiya xalqining timsoli hisoblanadi.

Aftidan, Xitoy imperatorlarining barcha xazinalari Gonkong millionerining boshida yoki egnida bo‘lgan. Ammo, afsuski, bu shunchaki illyuziya. Hayotda aktyor kamtarlik, tejamkorlikni yoqtiradi va eng oddiy narsalarni afzal ko‘radi. Ijodkorning rafiqasi ham boy zodagon ayolga o‘xshamaydi. Garchi u nafis kiyinib, zamonaviy taqinchoqlarni taqsa ham oddiy ayolligi bilinib turadi.

Qizil gilam uchun Jasmin Tan hashamatli toshlardan ko‘ra dizaynerlar ijodidan bo‘lgan zargarlik buyumlarini tanlaydi. Geometrik shakllarga o‘xshash zamonaviy kumush marjonlar va katta bilaguzuklar xitoylik ayolning qora liboslari bilan juda mos keladi.

Oq va oltin marvarid munchoqlar bilan bezatilgan son-sanoqsiz marjonda esa yanada ulug‘vor ko‘rinadi. Ammo diqqat qilsangiz, ayolda jahon zargarlik brendlarining zumradlari, safirlari yoki olmoslari yo‘q. Ko‘pincha zargarlik buyumlari to‘plamida oddiy sirg‘alar ham bo‘lmaydi. Vaqti-vaqti bilan uni deyarli ko‘zga tashlanmaydigan marjon va sirg‘alarda ko‘rish mumkin.

Farzandsizligiga qaramay, 36 yillik juftlik baxtli va hozirgacha bir-birini ardoqlaydi. Ular o‘zini muhtojlarga xizmat qilish va yordam berishga bag‘ishlashga qaror qilgan. Xayriya ular uchun hayot tarziga aylangan. Aktyor topgan millionlarini shaxsiy mulk deb hisoblamaydi.

U o‘zini vaqtinchalik pul saqlovchidek his qiladi va yerdagi sayohati tugagach, o‘zining xohishiga ko‘ra, pullari qashshoqlikda yashayotganlarning ehtiyojlariga sarflanadi. U anchadan beri ko‘plab xayriya loyihalarida ishtirok etmoqda. Aktyor qashshoqlik nima ekanligini juda yaxshi biladi. U Gonkong yaqinidagi kichik bir qishloqda o‘sgan, oilasi doimiy ravishda pulga muhtoj bo‘lgan. U ham, boshqa bolalar ham oyoq kiyimi yo‘qligi uchun ko‘pincha yalangoyoq yurgan.

Chou Yun Fat 17 yoshidan boshlab ota-onasiga yordam berish uchun har qanday og‘ir mehnatga o‘zini uradi. Gazetada qandaydir teleseriallarga kasting o‘tkazilayotgani haqidagi e’lonni ko‘rmagunicha idish yuvadi, xizmatkorlik qiladi va ko‘cha supuradi. Omadini sinab ko‘rish uchun kastingga borgan yigitchaning baxti kuladi. Yosh iste’dod sohibining ilk kinolari Osiyo jangari filmlari edi. 90-yillardan boshlab u Gollivud filmlarida rol o‘ynaydi va mashhur osiyolik aktyorga aylanadi. O‘shandan keyin gonorari ham oshib boraveradi.

Ammo u odatlarini o‘zgartirmadi va oddiylikka sodiq qoldi. Aktyor shaxsiy samolyotlar, qimmatbaho mashinalar yoki tilla soatlarga millionlab pul sarflamaydi. U metroda yuradi va oddiy joylarda ovqatlanadi. Olomon orasida uni tanib qolishsa, o‘z xohishi bilan avtograf qo‘yib beradi. U oddiy kiyim kiyadi, lekin ochko‘zlik, ziqnalik sababidan emas, balki shu unga qulay bo‘lgani uchun. Umuman olganda, aktyor chegirmali do‘konlardan kiyinadi. Oltin uzuklar, olmos soatlar yoki qimmatbaho avtomobillarga umuman qiziqmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »