Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yilda ko‘plab mashhurlar oilasida yangiliklar ro‘y berdi. Ulardan ba’zilari Eshli Olsen va Lui Eysner kabi ilk bora farzandli bo‘lgan bo‘lsa, boshqalari Gordon Ramzi va uning rafiqasi Tana Ramzi kabi oltinchi marta ota-onalik  baxtiga muyassar bo‘ldi.

Peris Hilton va Karter Reum

Peris Hilton va Karter Reum 2023-yilda ikki marta ota-ona bo‘ldi. Yanvar oyida xonanda Feniks ismli o‘g‘il ko‘rdi. 24-noyabr kuni Peris o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida chaqaloqning oyoq kiyimini joylashtirdi va ularning oilasiga yana bir a’zo qo‘shilganini yozdi. Bolalar surrogatlik orqali dunyoga kelgan.

Gordon Ramzi va Tana Ramzi

Pazandachilik shousi boshlovchisi 57 yoshli Gordon Ramzi va uning rafiqasi Tana Ramzi 2023-yil noyabrida oltinchi marta ota-ona bo‘ldi. Gordon ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ushbu quvonchli voqea bilan o‘rtoqlashdi. Tug‘uruqxonadan bir nechta fotosuratlarni joylashtirdi va ularga shunday deb izoh yozdi: “Tug‘ilgan kunim uchun qanday ajoyib sovg‘a! Jessi Jeyms Ramziga salom! 3 o‘g‘il va 3 qiz – reja bajarildi”.

Eshli Olsen va Lui Eysner

Eshli Olsen 2023-yilda birinchi marta ona bo‘ldi. 2017-yilda u rassom Lui Eysner bilan tanishadi, 6 yildan keyin turmush quradi. 2023-yil avgust oyida er-xotin Otto ismli o‘g‘il ko‘radi. Eshli va Lui shaxsiy hayotini sir saqlashni afzal ko‘radi, shuning uchun chaqaloqning tug‘ilgan sanasi hali ham noma’lum.

Naomi Kempbell

Naomi Kempbell 2018-yilda bergan intervyusida farzand ko‘rish istagi haqida gapirgandi. Shundan so‘ng 3 yil o‘tgach, qizi tug‘iladi, model qizini ommadan yashirishni afzal ko‘radi. 2023-yil iyun oyida Naomi o‘g‘illi bo‘ldi. Bu haqda 53 yoshli model ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Deniel Redkliff va Erin Dark

 

2023-yilda Deniel Redkliff va Erin Dark birinchi marta ota va ona bo‘ldi. Aktyor o‘zining umr yo‘ldoshi bilan 2012-yilda suratga olish maydonchasida tanishgan. Juftlik shaxsiy hayotini begona ko‘zlardan uzoqroq tutishni afzal ko‘radi.

Rayan Reynolds va Bleyk Layvli

Gollivudning eng chiroyli juftliklaridan biri Rayan Reynolds va Bleyk Layvli 2012-yilda turmush qurgan. Bir necha yil o‘tgach, ularning qizi Jeyms, 2016-yilda Ines va 2019-yilda Betti dunyoga keldi. 2022-yil sentyabr oyida juftlik yana bir farzand kutayotganligini e’lon qildi. Kelasi yili Rayan va Bleyk to‘rtinchi marta ota-ona bo‘ladi. Bolaning ismi, jinsi va tug‘iladigan sanasi oshkor etilmagan.

Bonni Rayt va Endryu Lokoko

“Garri Potter” filmida Jinni Uizli rolini ijro etgan Bonni Rayt ham 2023-yilda birinchi marta ona bo‘ldi. 2022-yil mart oyida aktrisa uzoq yillik tanishi Endryu Lokokoga turmushga chiqqani haqidagi xabar bilan o‘rtoqlashgandi. 2023-yil sentyabr oyida ular Elio ismli o‘g‘il ko‘rdi. Aktrisa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida chaqaloqning suratini joylashtirib, farzandining dunyoga kelishi uning uchun eng qiziqarli hayotiy tajribalardan biri ekanligini yozdi.

Rianna va Asap Rokki

Rianna va Asap Rokkining munosabatlari haqidagi rasmiy tasdiq ular tomonidan 2021-yilning may oyida qilingan. Oradan bir yarim yil o‘tib er-xotin o‘g‘illi bo‘ldi, keyinroq xonandaga yaqin manba Rianna o‘z sevgilisidan ko‘proq farzand ko‘rishni xohlashini aytdi. Uning orzusi 2023-yilning 1-avgustida amalga oshdi, er-xotin yana bir o‘g‘il ko‘rdi.

Lindsi Lohan va Bader Shammas

2023-yilda Lindsi Lohan ham ilk marta ona bo‘ldi. U moliyachi Bader Shammasdan Luay ismli o‘g‘il dunyoga keltirdi va 2022-yilda unga turmushga chiqdi. Aktrisa ijtimoiy tarmoqlarga chaqaloqning suratlarini ham joylashtirmagan, u shaxsiy hayotini sir saqlashni ma’qul ko‘radi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »