Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Adidas va Puma o‘rtasidagi kurash, Ilon Mask haqidagi hikoya, Uber’ni yaratilish jarayoni hamda muvaffaqiyatli bizneslarning qanday qurilganligi haqidagi mazkur filmlardan nafaqat yaxshi kayfiyat, balki biznes haqida ham ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Ferrari

Chiqarilgan yili: 2023-yil
Janr: biografiya, tarixiy, drama

Filmda Ferrari asoschisining fojiali hayoti, oilaviy muammolari, moliyaviy inqiroz va hatto Vatikanning unga nisbatan qilgan tazyiqi haqida hikoya qilinadi. Oxir-oqibat eng zo‘r dizayner va biznesmen Enzo Ferrari bularning barchasini yengib o‘tib, o‘z nomini avtomobil sanoati tarixiga yozishning uddasidan chiqadi.

“Chegara: Uber uchun jang”

Chiqarilgan yili: 2022-yil
Janr: drama

Serial real voqealarga asoslangan bo‘lib, Uber’ning muvaffaqiyatga erishish yo‘li, uning asoschisi va sobiq bosh direktori Trevis Kalanikning ko‘tarilish va pasayishlari haqida hikoya qiladi. Serialni tomosha qilgandan so‘ng biznes bo‘yicha to‘liq qo‘llanma o‘qigandek bo‘lasiz — jamoada kimlar bo‘lishi shartligi, investorlar bilan qanday munosabatda bo‘lish, hatto korporativ tadbirlarni qanday tashkil qilish kerakligini o‘rganasiz.

“Asoschi”

Chiqarilgan yili: 2016-yil
Janr: drama

McDonald’s korporatsiyasi va uning asoschisi Rey Krokning kompaniyani qanday yaratishi va rivojlanishi haqida hikoya qiladi. Filmda uning biznesga ta’siri va kompaniyaning global muvaffaqiyatiga olib kelgan o‘zgarishlar tasvirlanadi.

“Ilon Mask: haqiqiy temir odam”

Chiqarilgan yili: 2018-yil
Janr: hujjatli film

Amerikalik muhandis, ixtirochi va milliarder Ilon Maskning hayoti va yutuqlari
haqidagi film.

“Qora dushanba”

Chiqarilgan yili: 2019-yil
Janr: komediya

1987-yilning 19-oktyabri qora dushanba deb ataladi. O‘sha kuni jahon fond bozorlari dahshatli darajada qulaydi. Brokerlar haqidagi mazkur serial yirik kompaniyadagi xodimlarning rolini baholashga yordam beradi. Shuningdek, banklar va meros masalalari bilan shug‘ullanish haqida ko‘p narsalarni bilib olasiz.

“Aka-uka dueli: Adidas va Puma tarixi”

Chiqarilgan yili: 2016-yil
Janr: drama

Filmda Adidas va Rita kompaniyalariga asos solgan aka-uka o‘rtasidagi ziddiyat, oilaviy biznesning ajralishiga va dunyodagi ikkita yetakchi sport kiyimi va poyabzal brendining yaratilishiga olib kelgan biznes yondashuvlar haqida hikoya qilinadi.

“Stiv Jobs”

Chiqarilgan yili: 2015-yil
Janr: hujjatli film

Film Stiv Jobsning shaxsiyatiga bag‘ishlangan. Rejissyor IT tadbirkorni har tomondan o‘rganadi, nafaqat uning kuchli, balki zaif tomonlarini ham ko‘rsatadi. Bosh qahramon bilan birga tomoshabin birinchi iMac kompyuteridan tortib iPhone smartfonigacha qanday yaratilgani bilan tanishadi.

“Ijtimoiy tarmoq”

Chiqarilgan yili: 2010-yil
Janr: drama, biografiya

Eng mashhur ijtimoiy tarmoqlardan biri Facebook’ning yaratilish tarixi haqidagi film. Ushbu tarmoqning butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar orasida muvaffaqiyati Garvard universiteti talabalarining hayotini o‘zgartirib yuboradi — ular bir necha yil ichida eng yosh multimillionerga aylanishadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »