Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nega koreys doramalarini yaxshi ko‘ramiz? Chiroyli aktyorlar, Choson davridagi hashamatli liboslar, qiziqarli sujetlar va nihoyat, qahramonlarning his-tuyg‘ulariga alohida e’tibori uchundir balki. Serial voqealari bir necha asr oldin sodir bo‘lgan taqdirda ham, bu biz haqimizda hikoya qilayotganga o‘xshaydi.

“Tasodifan uchrashdik”, rej. Su Yon Kang (2023)

 
Foto: Filmdan kadr

Mashhur kechki yangiliklar boshlovchisi Yun Xe Jun (Kim Dong Vuk) sirli voqealarga aralashib qoladi. Kutilmaganda vaqt bo‘ylab sayohat qilish imkoniga ega bo‘lib, seriyali qotilliklar haqidagi dahshatli haqiqatni bilish uchun 1987-yilga sayohat qiladi. Ko‘p o‘tmay, bosh qahramon o‘tmish ko‘chalarida kezib yurgan yolg‘iz o‘zi emasligini tushunadi. Bek Yun Yon (Jin Ki Dju) ismli qiz yozuvchi bo‘lishni orzu qiladi, lekin nashriyotdagi ishda kecha-yu kunduz ishlashga majbur. Hozir u bir narsani xohlaydi xolos — o‘tmishda ota-onasining oila qurishiga yo‘l qo‘ymaslik. Yigit va qiz uchrashishadi va bir-birlariga maqsadlariga erishishda yordam berishga qaror qilishadi.

“Gullagan yoshligimiz”, rej. Li Jong-Je va Kim Chen Vuk (2023)

Foto: Filmdan kadr

Serial voqealari Choson davrida sodir bo‘ladi. Yosh zodagon qiz Min Chje Yining kelajakdagi hayoti aniq: u yaxshi rafiqa va ona bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, lekin ayni paytda u akasi nomidan tergovchi bo‘lib ishlaydi. Bir zumda uning boshiga baxtsizliklar yog‘iladi: to‘ydan bir necha kun avval uning oila a’zolari shafqatsizlarcha o‘ldiriladi va uning o‘zi qonli jinoyatda ayblanadi. Aybsizligini isbotlash uchun u valiahd shahzoda Li Xvanga yordam so‘rab murojaat qiladi. Shahzoda aybdorlarni topishga rozi bo‘ladi. Tergov davom etar ekan, qahramonlar o‘rtasida his-tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Ammo Min Chje Yi sevgilisi tavqi la’natga uchraganini bilmaydi.

“Qirmizi yurak”, rej. Yu Yon In (2022)

Foto: Filmdan kadr

Serial sujeti Li Taning (Li Jun) taxtga chiqishi bilan boshlanadi. Uning otasi Seongjong maslahatchisi Park Kye-von (Jang Hyuk) yordamida oldingi monarxni ag‘darib, yangi sulolaga asos soladi. U mutlaq monarx bo‘lmoqchi, ammo bosh vazir Pak Kyo Vonning qarshiligiga duch keladi. Taxt uchun kurashning markazida jamiyatning umume’tirof etgan asoslariga qarshi chiqqan zodagon Yu Jung (Kang Xan-na) bo‘ladi. Ular Li Ta bilan o‘tmishda yaqin munosabatda bo‘lgan, lekin ularning his-tuyg‘ulari har qanday to‘siqlarni yengib o‘tadi.

“Qirolicha soyaboni ostida”, rej. Kim Xyon Shik (2022)

Foto: Filmdan kadr

Voqealar markazida — qirol oilasi turadi. Qudratli va qaysar ona qirolicha Im Xva Ren (Kim Xe Suk) o‘g‘illarini himoya qilish uchun hamma narsaga tayyor. Ammo uning merosxo‘rlari juda beg‘am. Ularning ko‘ngilxushliklari ba’zan quyushqondan chiqib, saroyda noroziliklarga sabab bo‘ladi. Valiahdlarni makkor fitnalardan himoya qilish uchun bo‘lajak qirolning onasi qiyinchiliklarga chidab, dushmanlari bilan kurashadi.

“Qizil manjet”, rej. Jung Ji In va Song Yong Xva (2021-2022)

Foto: Filmdan kadr

XVIII asr. Choson qirollik saroyida o‘qishni tugatgandan so‘ng saroy xonimi bo‘lishga umid qilayotgan Dok Im (Li Sae Yon) ismli yetim xizmatkor qiz yashaydi. Bog‘da sayr qilayotganda kutilmagan voqea sodir bo‘ladi: qochib ketgan yo‘lbars yosh qizlarning hayotiga tahdid soladi, ammo ziyrak Dok Im ularni qanday qutqarish kerakligini tushunadi. Uning o‘zini esa valiahd shahzoda Li San (Li Jun Xo) qutqaradi. Xizmatkor qizning jasoratiga qoyil qolgan va go‘zalligiga maftun bo‘lgan shahzoda Deok Imni o‘zining shaxsiy xizmatkoriga aylantiradi. Bu malika Xvavanning (Seo Xe-Rim) jahlini chiqaradi. Shundan so‘ng qiz saroy fitnasining markazida bo‘ladi. Li San esa sevgi va burchdan birini tanlashi kerak.

“Qirol marhamati”, rej. Son Xyon Vuk va Li Xyon Seok (2021)

 
Foto: Filmdan kadr

Qirol kanizagi egizak farzandlarni dunyoga keltirganda, saroy a’yonlari buni yomonlik alomati deb bilishadi. Ular o‘g‘il chaqaloqni valiahd shahzoda qilib, qiz chaqaloqni o‘ldirishga qaror qilishadi. Onaning yuragi bunga dosh berolmaydi — u qizini yashirincha qutqaradi. Yillar o‘tib, ulg‘aygan qiz Li Xvi (Park Eun Bin) saroyda xizmatkor bo‘ladi. Saroyda u tasodifan egizak akasi bilan to‘qnash keladi. Qiyofalaridagi o‘xshashlikni payqagan shahzoda qizga bir muddat kiyimlarini almashtirib kiyishni taklif qiladi. Xuddi shu kuni merosxo‘r shahzoda o‘ldiriladi. Endi Li Xvi o‘z hayotini saqlab qolish uchun buni sir saqlashi va valiahd shahzoda rolini o‘ynashi kerak.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »