Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

HAMAS harbiy rahbarlaridan biri G‘ozi Hamad bildirishicha, Isroil rejimi o‘t ochishni to‘xtatish va asirlarni almashish bo‘yicha bilvosita muzokaralarga jiddiy yondashmayapti. Bu esa ikki tomon o‘rtasidagi kelishuvga erishish imkoniyatini amalda chippakka chiqarmoqda. Bu haqda IRNA nashri xabar berdi.

Foto: AP News

HAMAS hukumati tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ozi Hamadning aytishicha, Isroil rejimi muzokaralar davomida bajarishga imkonsiz shartlarni taklif qilmoqda va kelishuvga erishish uchun yetarlicha jiddiylik ko‘rsatmayapti. Atayin taklif etilayotgan imkonsiz shartlar esa mojaroni hali uzoq cho‘zish maqsadida tuzib chiqilgan.

Xabarda aytilishicha, HAMAS guruhi muzokaralarni urush to‘xtatilib, bosqinchi kuchlar hududdan olib chiqib ketilgunga qadar davom ettirmoqchi. G‘azoni qayta tiklash va qochqinlarni qaytarishni taʼminlaydigan kelishuvga erishilmas ekan, muammoga yechim topilmaydi.

HAMAS vakiliga ko‘ra, guruh hozirda G‘azoda qamalda qolganiga qaramay, o‘z maqsadlaridan voz kechmaydi. Guruh hali o‘z salohiyatini yo‘qotmagan va uzoq muddatli qarama-qarshilikka tayyor.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »