Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon xalqni mablag‘ tejashga, dabdabali isrofgarchilikning oldini olishga chaqirdi. Bu haqda AsiaPlus xabar berdi.

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
“Biz shukr qilishimiz, oilamiz va farzandlarimiz haqida doimo o‘ylashimiz, kamida ikki yil davomida oziq-ovqat zaxirasini ta’minlashimiz kerak”, — dedi u.

U so‘nggi yillarda insoniyat og‘ir va hatto fojiali muammolarga — urushlar va qon to‘kilishiga, suv taqchilligi, qurg‘oqchilik, qashshoqlik va ochlikka duch kelganini eslatdi. Emomali Rahmon BMT ma’lumotlariga asoslanib, ayni damda dunyoning o‘nlab mamlakatlari aholisi ochlikni boshdan kechirayotganini aytdi.

Bu Rahmonning mamlakat aholisini 2 yil davomida oziq-ovqat zaxirasini yig‘ishga chaqirishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. U yil boshida iqlim o‘zgarishi va dunyodagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi munosabati sababli ozuqa zaxirasini to‘plashga chaqirgan edi.

“Mamlakatdagi har bir oila ikki yilgacha zarur oziq-ovqat zaxirasiga ega bo‘lishi kerak”, — degan u yanvar oyi oxiridagi “Sada” bayrami munosabati bilan aytgan tabrik so‘zida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »