Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon sudyalar va davlat xizmatchilariga kamida ikkita chet tilini o‘rganishni topshirdi. Bu haqda Asia-Plus xabar berdi.

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Emomali Rahmon 12-fevral kuni respublikaning barcha viloyatlari sudyalarini ozod qilish va tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Shu kuni u yangi kadrlar bilan uchrashib, kasbiy mahoratni oshirish, milliy qonunlar va xalqaro huquq normalarini o‘zlashtirish, tilni bilish kabi masalalarga e’tibor qaratdi.

Tojikiston prezidenti har bir davlat xizmatchisi davlat tilini yuqori saviyada va kamida ikkita chet tilini bir xil darajada bilishi shartligini aytdi.

“Shu munosabat bilan adliya tizimi xodimlariga va barcha davlat xizmatchilariga chet tillarini chuqur o‘rganish uchun bir yil muddat berish, ushbu talablar bajarilmagan taqdirda ularga nisbatan zarur choralar ko‘rish topshirildi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, jinoyat ishlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aholining ariza va shikoyatlariga tegishli e’tibor qaratish, huquq-tartibotni ta’minlash, qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

“Vijdonli va halol, xushmuomala bo‘ling, chunki jamiyatda inson xalqqa xolis xizmat qilish orqaligina izzat va hurmatga erisha oladi”, — deydi Emomali Rahmon.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »