Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” harakatining statistika va axborot departamenti Afg‘oniston aholisining soni 35 millionga yaqin ekanini ma’lum qildi.

Afg‘oniston Statistika departamenti matbuot kotibi Muhammad Halim Rafi “Tolibon” boshqaradigan Milliy televideniyega bergan intervyusida Afg‘oniston aholisining 51 foizini erkaklar, 49 foizini ayollar tashkil etishini aytdi.

“Tolibon” statistika va axborot departamenti matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, mamlakatda aniq va standartlashtirilgan aholini ro‘yxatga olish uchun 120-150 million dollar kerak.

Foto: Google Images

Ushbu boshqarma matbuot kotibi, shuningdek, aholini aniq ro‘yxatga olish bo‘yicha yangi reja ustida ish olib borilayotganini qo‘shimcha qildi.

2022-yil oxirida ushbu departament mamlakat aholisi soni 34,3 million kishini, jumladan, 17,5 million erkak va 16,8 million ayolni tashkil etishini taxmin qilgan edi.

O‘tgan yilgi statistik maʼlumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston aholisining 60-70 foizi qishloqlarda, 25 foizi esa (8,6 million) shaharlarda istiqomat qiladi.

Ushbu statistik ma‘lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston aholisining 47,5 foizini 15 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Shuningdek, Afg‘oniston aholisining 49,7 foizi mehnatga layoqatli yoshda ekani xabar qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »