Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hindistonning Trivandram shahridagi o‘rta maktabda sun’iy intellektga ega Iris ismli ilk o‘qituvchi-robot ish boshladi. Bu haqda “Pravila jizni” nashri xabar bermoqda.

Foto: “Pravila jizni”

Tashqi ko‘rinishi insonga xos robot hindcha milliy libos — sari kiygan holda dars o‘tadi va g‘ildiraklar yordamida harakatlanadi. Robot uchta tilda gapiradi: ingliz, hind va malay. U ovoz bilan turli mavzulardagi savollarga javob bera oladi va o‘quvchilar bilan har xil mavzularda muloqot qiladi. Mazkur robot-o‘qituvchi maktabda aynan qaysi fandan dars berishi hali ochiqlanmagan.

Iris dastlab Hindiston Transformatsiya Milliy Instituti tomonidan maktablarda darsdan tashqari mashg‘ulotlarni rivojlantirishga qaratilgan loyiha doirasida ishlab chiqilgan.

Loyiha egalari ushbu robot maktabdagi ta’limning yanada qiziqarli bo‘lishiga umid qilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »