Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Emma Stoun grek rejissyori Yorgos Lantimosning “Sho‘rlik baxtsizlar” fantastik filmidagi ijrosi uchun ro‘yxatidagi ikkinchi “Oskar”ni qo‘lga kiritdi.

Foto: Noviy ochag

Asar Alasder Greyning romaniga asoslangan fantastik komediya bo‘lib, filmda aktrisa Bella Bakster rolini ijro etgan. Uning rejissyori Yorgos Lantimos asli gretsiyalikdir. Bosh rollarni aktyorlardan Mark Ruffalo, Uillyam Defo va Rami Yussef ijro etgan. Emma Stoun filmda tug‘ilmagan chaqalog‘ining miyasi ko‘chirib o‘tkazilgan ayol rolini o‘ynagan.

Foto: Noviy ochag

“Eng yaxshi aktrisa” nomzodligida Emma Stounning raqobatchilari Annett Bening (“Nayad”), Lili Gladstoun (“Gulli oy qotillari”), Keri Malligan (“Maestro”) va Sandra Xyuller (“Qulash anatomiyasi”) kabi aktrisalar edi. Bu g‘alaba Stoun karyerasidagi ikkinchi “Oskar”dir. Ilgari u “La La Lend” musiqiy filmidagi roli uchun ham “Oskar” olgan edi.

Foto: Mavink

Bundan tashqari, aktrisa ikki marta “Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida 2015-yilda “Birdman” va 2019-yilda “Favoritka” filmlari uchun nomzod bo‘lgan, ammo g‘olib bo‘lmagan.

Joriy yilda Emma Stoun “Sho‘rlik baxtsizlar” filmi uchun bir qator mukofotlarni, jumladan, BAFTA va “Oltin globus” ni qo‘lga kiritdi.

“Ko‘ylagim yirtilib ketgan edi! Menimcha, bu Rayan Goslinning I’m Just Ken qo‘shig‘i paytida sodir bo‘lgan”, — deya nutqini boshladi Emma Stoun. U asosiy raqibi Lili Gladstounga murojaat qilib:

“Sizdek aktrisaga men katta hurmat bilan boqaman. Birga ishlash men uchun sharaf”, — dedi aktrisa va ko‘ziga yosh oldi.
Foto: Mavink

Emma Stoun “Sho‘rlik baxtsizlar” filmining aktyorlariga, jumladan rejissyor Yorgos Lantimosga minnatdorchilik bildirib: “Butun umrga sovg‘a bo‘lgan Bella rolini berganingiz uchun tashakkur”, — deydi.

Emma Stoun o‘z nutqining oxirida uch kundan keyin uch yoshga to‘ladigan qizi, ota-onasi va turmush o‘rtog‘iga rahmatlar aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »