Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida joylashgan Kingdom Arena majmuasida 8-mart, juma kuni katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Unda og‘ir vazn toifasida britaniyalik bokschi Entoni Joshua kamerunlik Frensis Ngannuga qarshi ringga chiqdi.

Foto: Getty Images

10 raund davom etishi kerak bo‘lgan jang 2-raunddayoq muddatidan oldin yakunlandi. Unda Entoni Joshua Ngannuni nokautga uchratdi.

Ngannu uchun bu zarba va ringdagi besh daqiqa qancha foyda keltirdi?

Sportchi ushbu vaqt ichida butun faoliyati davomida yig‘gan daromaddan ko'proq ishlab topdi. The Independent nashrining yozishicha, Joshua ushbu jang uchun 50 million dollar oladi. Ngannu boshqa turli daromadlarni hisobga olmaganda 20 million dollar ishlab topdi.

Ngannu 37 yoshda, aralash yakkakurashlarda 17 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Sportchi 2021-yilda UFC og‘ir vazn toifasida chempion bo‘lgan. May oyida u Professional jangchilar ligasi (PFL) bilan shartnoma imzoladi. Eslatib o‘tamiz, kamerunlik sportchi ikkinchi bor boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazdi. Avvalroq u Butunjahon boks kengashi (WBC) talqiniga ko‘ra og‘ir vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan Tayson Fyuriga yutqazib qo‘ygandi. Britaniyalikning so‘zlariga ko‘ra, uning raqibi jang uchun 10 million dollar olgan. Bokschi Derek Chisoraning aytishicha, Fyurining o'zi bu jang uchun 50 million dollar ishlab topgan.

Foto: Getty Images

TalkSPORT nashriga ko'ra, Ngannu UFC bayrog'i ostida UFC chempioni unvonini saqlab qolish uchun Siril Ganga qarshi jang olib borgan. Ngannu raqibini mag‘lub etib, taxminan 600 000 dollar ishlab olgan. Ushbu miqdor sportchining MMA janglaridagi eng yuqori olgan mukofot puli hisoblanadi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »