Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

11-mart kuni AQSHning Varshavadagi doimiy elchisi Polshada 10 mingdan ortiq amerikalik harbiy xizmatchi joylashtirilganini maʼlum qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Foto: Gov.pl

“Ayni paytda Polsha bo‘ylab 10 mingdan ortiq amerikalik askar joylashgan. Ular Polsha armiyasi bilan birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda va amaliyotlarda qatnashmoqda”, — degan Polshadagi AQSH rasmiysi Mark Bjezinski.

Bjezinskining so‘zlariga ko‘ra, AQSH tomonidan Polshaga yetkazib berilgan Abrams tanklari, F-16 qiruvchi samolyotlari va HIMARS harbiy uskunalari Polsha va NATO ittifoqining mudofaa qobiliyati uchun juda muhim. Tomonlar harbiy hamkorlikni uzluksiz davom ettiradi.

Maʼlumot o‘rnida, 2022-yil fevral oyiga qadar AQSHning Polshadagi harbiy kontingenti 5000 nafar askardan iborat edi. 2023-yil mart oyida Polsha Mudofaa vazirligi mamlakatda birinchi doimiy AQSH armiyasi garnizoni faoliyat yuritishini eʼlon qilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »