Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida Polsha Investitsiyalar va savdo agentligining vakolatxonasi ochiladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Foto: Getty Images

O‘zbekiston elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev Polsha tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Marek Pravda bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida O‘zbekiston-Polsha munosabatlarini yanada mustahkamlash va avval erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi muhokama qilindi.

Tomonlarning barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligi tasdiqlandi. Joriy yilga rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Polsha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Polsha Investitsiyalar va savdo agentligining Toshkentda vakolatxonasini ochish bilan bog‘liq masalalarga eʼtibor qaratildi. Shu yilning 13-mart kuni Varshava—Toshkent—Varshava yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladigan birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovining muhim ahamiyati taʼkidlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »